Diamagnit,paramagnet va ferromagnitlar
Download 91.41 Kb.
|
Tursunova Sanobar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faradeyning elektromagnit induksiya qonuni
Ferromagnit moddalarga misol sifatida aytish mumkin kobaltni, cho`yanni, nikelni, temirni, po`latni temir-nikel qotishmalari (permalloy) ni. Bu moddalarning muhim xossasi shundan iboratki, ularning magnit singdiruvchanliklari tashqi maydon magnit induksiyasiga va ularning avvalgi magnit holatiga bog`liq, hozirgi vaqtda ferromagnit moddalarni magnitlangan kichik sohalar (10-3 mm)-domenlardan tuzilgan deb hisoblamoqda. Tashqi magnit maydoni bo`lmaganda domenlar xaotik joylashadi va ularning magnit maydonlari o`zaro muvozanatlashadi. Tashqi magnit maydoni ta`sirida ko`pchiligi magnit kuch chiziqlari bo`yicha orientasiyalanadi.Faradeyning elektromagnit induksiya qonuniXIX-asr boshlarida elektr toki magnit maydonini yuzaga keltirishi aniqlangach, olimlar aynan shu hodisa teskarisiga ham bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishgan edi. Ya'ni, magnit maydoni ham qandaydir tarzda, elektr toki yuzaga kelishiga sababchi bo‘lishi kerak edi. Bunday taxminni ilgari surgan va uni tekshirishga jiddiy kirishgan olimlardan biri - Mayk Faradey bo‘lgan. Olimning yon daftarchasidagi 1822-yilga taalluqli yozuvda u o‘zi uchun "magnetizmni elektr tokiga aylantirish" vazifasini qo‘yganligi qayd etilgan. U o‘zi uchun belgilab olgan mazkur vazifani uddalashiga deyarli o‘n yil sarfladi.
Bu ishni uddalash maqsadida Faradey bir necha yuz marta muvaffaqiyatsiz tajriba urinishlarni o‘tkazgan. Lekin olim qat'iyat bilan izlanishda davom etdi va hozirgi kunda biroz jo‘n tuyiladigan, o‘sha davr uchun g‘oyat muhim bo‘lgan bir qator sodda tajribalar ketma-ketligini o‘ylab topdi. Buning uchun u, teshikkulcha shaklidagi temir g‘altak tayyorlab, uning bir tarafiga, temir o‘zakdan izolyatsiyalab qo‘yilgan va bir-biriga nisbatan zich o‘rab chiqilgan sim o‘tkazgichni ulagan. Ushbu tarafdagi simning uzun uchlari kuchli elektr manbai vazifasini o‘tab beruvchi batareykaga ulangan. g‘altakning ikkinchi tarafini ham o‘tkazgich sim bilan zich o‘rab chiqib, uning uchlarini esa elektr tokini qayd etish uchun mo‘ljallangan asbobga, ya'ni, galvanometrga ulagan. Teshikkulcha shaklidagi g‘altakning o‘rtasiga temir o‘zak o‘rnatilgan. Faradey ushbu temir o‘zak orqali, hosil bo‘layotgan magnit maydoning kuch chiziqlarini "bo‘ysundirish" va ularni g‘altakning ichki tarafidagi simlarga uzatib berishni maqsad qilgan edi.
Download 91.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling