Didaktik adabiyot taraqqiyoti: yusuf xos hojib, ahmad yugnakiy hayoti va ijodining manbalari
Download 34.85 Kb.
|
7-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoraxoniylar davlati va turkiy tildagi badiiy ijodning shakllanishi.
7-MAVZU DIDAKTIK ADABIYOT TARAQQIYOTI: YUSUF XOS HOJIB, AHMAD YUGNAKIY HAYOTI VA IJODINING MANBALARI Didaktika va didaktik adabiyotning o’ziga xos xususiyatlari. "Didaktika" yunoncha so'z bo'lib, "o'qitadigan", "o'rgatadigan" degan ma'nolarni bildiradi. "Didaktik adabiyot" deganda esa pandu hikmat, nasihat, o`git, ibrat ruhidagi asarlar tushuniladi. Didaktik mazmud adabiyotda, xususan o’zbek mumtoz adabiyotida turli-tuman shakllar va janrlarda o’z ifodasini topadi. Xususan, hikoyat, doston, she’riy janrlar vahokazo. Bular orasida doston janri alohida o’ringa ega. Bu holat asosan yozma adabiyotga xos. Didaktik dostonchilik adabiyotimizda qadim an'analariga ega. Bu haqda Muhammad Qoshg'ariy "Devonu lug'otit turk"da ma'lumot berib o'tadi va she'riy yo'l bilan pand-nasihat aytuvchi bilimdon donishmand kishilar ko'p bo'lganini xabar qiladi. Bizning adabiyotimizda didaktik dostonning ilk namunalari "Qutadg'u bilig" va "Hibat ul -haqoyiq"dir. Didaktik adabiyot degan tushuncha esa pand-nasihat ruhidagi xilma-xil janr va turlarda yozilgan asarlarni qamrab oladi. Qoraxoniylar davlati va turkiy tildagi badiiy ijodning shakllanishi. X-XII asrlar turkiy xalqlar adabiyoti tarixida alohida o’rin egallaydi. Mazkur davrda arab xalifaligi o’rnida birin-ketin yuzaga kelgan mahalliy davlatlar: somoniylar, qoraxoniylar, g’aznaviylar, saljuqiylar, xorazmshohlar davlati Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Ularning markazlari bo`lgan Samarqand, Buxoro, Qashg’ar, Bolasog’un, G’azna, Nishopur, Isfahon, Xorazm kabi shaharlar madaniy markaz maqomiga ega bo`lib, ularda ilm-fan, san`at va madaniyat rivojlandi. Aynan turkiy til va bu tildagi adabiyotning ravnaq topishi qoraxoniylar davlati bilan bog’liq. Qoraxoniylar davlati X asr boshlarida Yettisuv atrofidagi turkiy qabila va elatlarning birlashishidan yuzaga kelgan sulola bo’lib, markazi Bolasog’un (Qo’z o’rdu) va Qashg’ar (O’rdukent) shaharlari edi. Asr oxiriga borib ular janubiy g’arbiy hududlarni ham somoniylardan tortib oldi, ma’lum muddat Samarqand qoraxoniylarning g’arbiy poytaxtiga aylandi. Qoraxoniylar davlatida turkiy tilga alohida e’tibor qaratildi, bu tilda ijod qilish rag’batlantirildi. Natijada Qashg’ar turkiy adabiy tilning markaziga aylandi, hatto turkiy tilga nisbatan “qoshg’ariy til” atamasi qo’llana boshladi (“Hibat ul-haqoyiq”). Qoraxoniylar qo’l ostidagi hududlarda yagona adabiy til shakllana boshladi. XI asrga kelib Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yygnakiyninng “Hibat ul-haqoyiq”, Ahmad Yassaviy hikmatlari kabi turkiy adabiyotning nodir namunalari maydonga keldi. Download 34.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling