Didaktik o’yinli texnologiyalarning “ klaster” metodini o’rganish. Mashg’ulot maqsadi


Download 212 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi212 Kb.
#1405548
  1   2
Bog'liq
DIDAKTIK TEXNOLOGIYA


DIDAKTIK O’YINLI TEXNOLOGIYALARNING “ KLASTER” METODINI O’RGANISH.


Mashg’ulot maqsadi. Talabalarga "Klaster " o’yinini qo’llashning texnolgik bosqichlari va xaritasini tuzishni o’rgatish.


Mashg’ulot natijalari.
1. Klaster metodi xaqida tushunchalarga ega bo’ladilar.
2. Texnologik bosqichlarni tuzishni o’rganadilar.
3. Darslarda Klaster usulini qo’llay oladilar.


Zarur bo’ladigan materiallar Kodoskop, lineyka, ma’ruza matnlari.


Mashg’ulotning borishi.
Klaster (g’uncha, bog’lam) metodi pedagogik, didaktik o’yinlarning muayyan shakli bo’lib, u o’quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochik o’ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar to’g’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. "Klaster" metodi aniq ob’yektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog’liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o’quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi. Stil g’oyasiga muvofiq ishlab chikilgan “ Klaster ” metodi puxta o’ylangan o’yin bo’lib, undan o’quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarda o’quvchilar tomonidan bildirilayotgan g’oyalarning majmui tarzida namoyon bo’ladi. Bu esa ilgari surilgan g’oyalarni umumlashtirish va ular o’rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.

“ Klaster” metodining texnologik xaritasi.



Ish bosqichlari va mazmuni

Faoliyat

o’qituvchi

o’quvchi

1-bosqich:
Kirish

Mavzuni aniqlaydi, maqsadni, natijalarni, baxolash mezonini shakllantiradi




2-bosqich:
G’oyalarni kiritish

G’oyalarni magnitafon yoki videolentaga, qog’oz varag’iga yoki doskaga yozib olishni tashkil qiladi. Munozara boshlanishini tezlashtirish uchun bir necha tayyorlangan savollarni berishi mumkin.

Nimani o’ylagan bo’lsa shuni qog’ozga yozadi, fikrlarining sifatini o’ylab o’tirmay ,ularni shunchaki yozib boradi.Berilgan vaqt nixoyasiga yetmaguncha, yozishdan to’xtamaydi. Yozuvning orfografiyasi yoki boshqa jixatlariga e’tibor bermaydi.

3-bosqich:
Taxlil

Ilgari surilgan g’oyalarni taxlil qilishini tashkil etadi.

Bildirilgan g’oyalarni, takliflarni gurux bo’lib taxlil qiladi. Eng qulay va maqsadga muvofiqlarini aniqlaydilar

4-bosqich:
yakun yasash.

O’quvchilar tomonidan amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasaydi.

O’z-o’ziga baxo berishlari mumkin.

Klaster quyidagicha bo’lishi mumkin


“AYLANA” USULI





Ushbu usul talabalarni tezkorlikka undaydi. Metod qoidasi quyidagicha:
Talabalar doira bo’lib joylashadi. O’qituvchi hakam sifatida ularning o’rtasida turadi. Talabalar soat strelkasi bo’ylab bir-birlariga savol beradilar. Ya’ni Davron → Mohigul → Baxtiyor → Gavharoy → Xurshidbek → Go’zal → Davron → Mohigul… . O’yin shu tariqa davom etadi. Kimda kim savolga javob bera olmasa, o’rniga borib o’tiradi va qolganlar o’yinni davom ettiradi. O’yinda bir kishi g’olib bo’ladi.


Download 212 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling