O’qituvchi o’quvchi - talabaning bilish faoliyatlarini tashkil qilish maqsadida o’quv ishlarni olib borar ekan, avvalo ta’lim jarayoni orqali uch vazifani, ya’ni bilim berish orqali uch maqsadni hal qilish lozimligini unutmasligi kerak. Bu maqsadlar o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatini birlashtiradi. 1.Ta’limiy maqsad - o’quv materialining mazmunini bilish, ya’ni ushbu fanga tegishli ilmiy bilimlarni o’zlashtirish va amaliyotga tadbiq qila olishdir. 2.Tarbiyaviy maqsad - fan asoslarini o’zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan g’oyalar, dunyoqarashlar ta’sirida o’zining shaxsiy sifatlarini, imon - e’tiqodlarini shakllantirishdir. 3.Rivojantiruvchi maqsad - ta’lim jarayoni ta’sirida shaxsning aqliy kamolatini, bilish qobiliyatini, o’qishga, mehnatga bo’lgan munosa-batini rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadlarni amalga oshirish natijasida o’quvchi - talabada mustaqil ishlash iste’dodi paydo bo’ladi. Uni o’ylashga o’rgatadi, ta’lim jarayonida tafakkur hukmronlik qiladi . 1. Didaktika haqida tushuncha. Uzoq vaqt davomida ta’limni nazariy tahlil qilish va o`rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o`z nazariyasiga ega bo`lmadi. Faqatgina XVII asr bu sohada muhim o`zgarishlar olib keldi: aynan o`sha paytda ta’lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi. Didaktika yunoncha “didaktikos” “o`rgatuvchi”, “didasko” – “o`rganuvchi” ma’nosini bildiradi ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o`qituvchi va o`quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo`llari va hokazo muammolar)ni o`rganuvchi fan. Didaktika atamasini nemis pedagogi 1571-1635 yillarda yashab ijod etgan Volfgang Ratke fanga 1613-yilda “Didaktika yoki ta’lim san’ati” deb nomlangan ma’ruzasida qo’llanilgan deb hisoblanadi. Didaktika nomi ostida fanni nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor chex pedagogi 1592-1670 yillarda yashab ijod etgan Ya.A.Komenskiy tomonidan 1657-yilda chex tilida “Buyuk didaktika” asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy “hammani hamma narsaga o’rgatish san’ati” deb tushuntirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |