Didaktika tarbiya ta'limot nazariyasi reja


Malaka - avtomatlashgan, o’rganib qolingan, muayyan usul bilan bexato bajariladigan harakatdir. Malaka


Download 54.67 Kb.
bet10/15
Sana20.09.2023
Hajmi54.67 Kb.
#1683115
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
DIDAKTIKA - TARBIYA TA\'LIMOT NAZARIYASI

Malaka - avtomatlashgan, o’rganib qolingan, muayyan usul bilan bexato bajariladigan harakatdir.
Malaka - bu shaxs harakatining amalga oshirilishi va boshqarilishining avtomatlashgan shaklidir. Shaxsning malakalari shu bilan xarakterlanadiki, uning harakatlari oson, tez, go’yo o’z-o’zidan bajarilayotgandek bo’ladi. Shu tufayli ham bir hajmdagi ishni malakali va malakasiz turli muddat va turli sifat bilan bajaradi. Shaxsning malakalari uning faoliyatining barcha sohalari uchun xosdir. Faoliyatning biror sohasi uchun hosil qilingan malaka Shaxsning faqat Shu sohadagi mehnatini osonlashtirib qolmasdan, faoliyatning boshqa sohalaridagi harakatning tezligi va samarali bo’lishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Turli sohalarga nisbatan bo’lgan malakalar Shaxsda birdaniga, qisqa muddatda vujudga kelmaydi. Shaxs malaka orttirishi uchun muayyan sohani tizimli ravishda takrorlab turishi talab qilinadi.

Bundan tashqari malaka muayyan mehnat faoliyatini bajarish uchun lozim bo’lgan nazariy va amaliy umumta’lim va kasbiy bilim hamda ko’nikmalar majmuasining mavjudligi asosida ham shakllanadi.
Malaka-ongli hatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi hamdir. Malaka bir hatti-harakatning o’zini bir xil sharoitlarning o’zida ko’p marta takrorlash natijasida hosil qilinadi.
Malaka qanchalik puxta bo’lsa, odam ishni shunchalik tez va to’g’ri bajaradi. Ko’nikma va malakalarning umumiy hamda farq qiluvchi tomonlari bor. Umumiyligi shundaki, ko’nikma va malakalar ta’lim oluvchilarning olgan bilimlari asosida faoliyat usullarini tashkil etadi. Farqi shundaki, ta’lim oluvchilarning faoliyati har xil xarakterda bo’ladi.
Kasbiy nuqtai nazardan malaka bu xodimning kasbiy tayyorgarligi darajasi, undagi ma’lum ishni bajarish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning mavjudligi. U xodimning malakasini belgilovchi ko’rsatkich bo’lib, kategoriya yoki diplomning mavjudligi bilan belgilanadi.
O’qitish - o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish hamda ularning bilish faoliyati natijasida bu bilim, ko’nikma va malakalarni egallab olishga doir maxsus tashkil etilgan va biror maqsadga qaratilgan faoliyatdir.

Download 54.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling