Didaktikada hamkorlik o’qitish g’oyasining kelib chiqishi


Download 169 Kb.
bet1/4
Sana27.01.2023
Hajmi169 Kb.
#1131897
  1   2   3   4
Bog'liq
Hamkorlik pedagogikasi texnologiyasi



Mundarija:
Kirish

  1. Didaktikada hamkorlik o’qitish g’oyasining kelib chiqishi. 

  2. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining afzalliklari va istiqbollari. 

  3. Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari. 

  4. Guruhli o’qitish metodikasi. 

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Mavzuning dolzarbligi. Bizning davrimizda ta’limiy qadriyatlar, ularning tabiati, funksiyalari, o‘zaro aloqadorligi haqidagi pedagogikaning yangi sohasi - pedagogik hamkorlik texnologiyasi rivojlanib bormoqda. Chunki zamonaviy jamiyat ta’limni o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashining maqsadga yo‘naltirilgan jarayoni va natijasi sifatida tushunishdan uzoqlashdi. Ta’lim bu insonda insoniylikni tarkib toptirishdir. Uning asl mohiyati ham ana shunda.
Ta’limning ma’naviyatni tarkib toptirishdagi ahamiyati uni qadriyatli bilimlarni uzatish va uning asosida insonda qadriyatli munosabat, qadriyatli xulq-atvorni shakllantirishda ekanligini o‘z vaqtida Aflotun ham ta’kidlab o‘tgan edi. U davlatning asosini qolgan barchasi unga bog‘liq bo‘lgan yagona birlik aks ettiradi, deb hisoblagan. Bunday asos - olijanoblikdir. Olim yuksak olijanoblik sifatida hech narsa yaxshilik va yomonlik haqida unday ma’lumot bera olmaydigai bilimni e’tirof etadi. Bilimda qanchalik olijanoblik o‘z ifodasini topganligini esa ta’lim jarayonida o‘rganish mumkin.
Pedagogik hamkorlik texnologiyasi inson va ta’limni qadriyat deb e’tirof etgan holda, ta’limiy qadriyatlarni muhokama etuvchi hamda ta’limga qadriyatli yondashuvni amalga oshiruvchi pedagogik bilimlar sohasidir.
Pedagogik hamkorlik texnologiyasining predmeti, maqsad va vazifalari. Pedagogik hamkorlik texnologiyasining predmetini shaxsning qadriyatli ongi, qadriyatli munosabati, qadriyatli xulq-atvorini shakllantirish tashkil etadi.
Pedagogik muammolarga doir nazariy manbalardagi qadriyat tushunchasining mohiyatini taxdil etish asosida pedagogik hamkorlik texnologiyasi qadriyat tushunchasiga shaxs va jamiyat faoliyatida ideal namuna va yo‘nalishlarni aks ettiruvchi individual va ijtimoiy ongni tashkil etuvchi maxsus ta’lim sifatida qaraydi. Alohida shaxs yoki jamiyat yaxlitlikda qadriyatlarni uzatuvchisi sifatida qaraladi, nihoyasi esa, insonning xulq-atvori va xatti-harakatini rag‘batlaydi. Xulq-atvor va xatti- harakatlarning tavsifi shaxsning atrof-muhitga, o‘z-o‘ziga munosabati haqida guvoxlik beradi.
Turli xalq, millat hamda elatlarning o‘zligini anglashi ularning mustaqilligi, erkini kafolatlovchi muhim shart sanaladi. Binobarin, milliy o‘zlikni anglash ana shu xalq, millat va elatlarning kishilik jamiyatidagi o‘rni va mavqeining belgilanishini ta’minlaydi. Millat vakillarining milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usiga ega bo‘lishlari ularning milliy o‘zliklarini anglashlariga boshlang‘ich asosdir.
Mustaqillik yillarida respublika ijtimoiy-siyosiy mustaqilligini mustahkamlashga bo‘lgan ehtiyoj sezildi. Bu ehtiyojni qondirish omillaridan biri aholi, shu jumladan, yoshlarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishdir. Zero, milliy iftixor tuyg‘usiga ega bo‘lgan inson yurt mustaqilligi, xalq ozodligi yo‘lida kurasha oldi. Shu bois so‘nggi yillarda ta’lim muassasalari, shuningdek, boshlang‘ich ta’lim tizimida ham kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiq deb topildi.
Milliy tuyg‘uning yoshlarni Vatan uchun fidoiy insonlar etib tarbiyalashdagi beqiyos ahamiyatiga to‘xtalib o‘tar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi: “Milliy tuyg‘u inson uchun tabiiydir, chunki u ota-onalardan meros qilib olingan va bola o‘z ota-onasiga, butun dunyoga aytgan birinchi so‘zida ifodalanadi. O‘z xalqiga, uning an’anlariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, o‘z xalqini, millatlarning butun jahon hamjamiyatida tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi haqiqiy insonni, o‘z Vatanining jonkuyarini tarbiyalash mumkin emas” 1
Yoshlar, shuningdek, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini milliy iftixor tuyg‘usiga ega bo‘lishlari ularning xalq, millat va vatan tarixini chuqur bilishlari, ajdodlarga munosib avlod bo‘lib voyaga еtishlarini ta’minlash bilan birga, vatanparvar insonga xos muhim ma’naviy-axloqiy sifatlarni namoyon eta olishlari uchun ham sharoit yaratadi. Zero, vatanparvar insonni tarbiyalab voyaga еtkazish respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi etib belgilangan. Vatanparvarlik milliy o‘zlikni anglash negizida shakllanuvchi



1 Karimov I.A. Adolat, Vatan va xalq manfaati har narsadan ulug‘. - T.: О‘zbekiston, 1998
ma’naviy-axloqiy sifatlardan biri ekanligiga e’tiborni qaratgan holda Respublika Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrlarni ilgari suradi: “O‘zbekiston fuqarosining vatanparvarligi bu qayta o‘zgarishlar yo‘lini ko‘rsatuvchi, ko‘zlangan maqsaddan chetga chiqmaydigan yo‘lchi yulduz, ishonchli kompasdir. O‘zbekistonga, o‘z еriga, tabiatga, bu еrda yashayotgan xalqlarga muhabbat, o‘lkaning tarixi, madaniyati, an’analarini teran bilib olishga intilish, respublikaning qudrati va yutuqlaridan faxrlanish, xalqimiz qismatiga tushgan qiyinchiliklar uchun qayg‘urish ko‘p millatli O‘zbekiston jamiyatining muhim jipslashtiruvchi asosi hisoblanadi”1
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” da ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmish mafkuraviy qarashlaridan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy-axloqiy talablarga javob beradigan, yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yaratish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimining insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash imkoniyatlariga tayanish maqsadga muvofiqligini ifoda etib, har tomonlama barkamol shaxs – fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi.
Dasturda kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlaridan biri shaxs ekanligiga urg‘u berilib, “shaxs-kadrlar tayyorlash tizimining bosh subekti va obekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi” ekanligi va davlat tomonidan shaxsni tarbiyalash, uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta’minlanishi ko‘rsatilgan.
Hozirgi davrda mustaqillikni mustahkamlash, istiqlol sari ishonch bilan borishda shaxs ma’naviyatini shakllantirish masalasi asosiy yo‘nalishlardan hisoblanadi. Yetuk madaniyatli insongina istiqlol mafkurasi g‘oyalarini o‘zlashtirib, ularga qat’iy amal qilgan holda ijtimoiy faoliyatni amalga oshiradi. Millat ma’naviyatini tiklash va rivojlantirishda milliy ong, til va madaniyat еtakchi o‘rin tutadi. Ulardan samarali foydalanish Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy his-tuyg‘u, g‘urur va iftixorni o‘stirish, shuningdek, milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi.
Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan buyuk allomalarning shaxs kamoloti va uni ta’minlash to‘g‘risidagi qarashlari zamonaviy bosqichda jahon ta’limi uchun muhim asosdir. Milliy pedagogik qadriyatlarni mavjud sharoitda demokratik qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish, ta’lim mazmuniga insonparvarlik va demokratik g‘oyalarni singdirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish, ta’lim- tarbiya samaradorligini oshirish - davr talabidir. Shu sababli, O‘zbekiston
Respublikasi mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lgandan keyin istiqlol talablari,
qurilajak huquqiy demokratik davlat, adolatli, insonparvar jamiyatga mos kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbek xalqi mustaqillikka erishgani tufayli o‘tmish avlodlar qoldirgan boy ma’naviy-madaniy merosni o‘rganish va qayta tiklashga musharraf bo‘lmoqda.
Fan va madaniyat namoyandalarining asarlarida ifodalangan ma’naviy-axloqiy g‘oyalar ham insonlar ruhiyati va ma’naviyati taraqqiyotida, yoshlarda ezgulik va iftixor tuyg‘usining rivoj topishida muhim vosita bo‘la oladi.
Ta’lim tizimida o‘quvchilarga ajdodlar, shuningdek, bugungi davr qahramonlarining faoliyati, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi, madaniyati, san’ati, fan-texnika, ishlab chiqarish sohalarida erishilayotgan yutuqlari bilan faxrlanish, g‘ururlanish, iftixor etish tuyg‘usini qaror toptirish uzluksiz ta’lim tizimi oldiga qo‘yilayotgan muhim ijtimoiy vazifalardandir.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishning muhim omillari ko‘rsatib berilgan uchinchi bandida milliy o‘zlikni anglashning o‘sib borishi, vatanparvarlik, o‘z vatani uchun iftixor tuyg‘usining shakllanayotganligi, boy milliy-madaniy va tarixiy an’analarga, xalqimizning intellektual merosiga hurmatni qaror toptirish lozimligi alohida ta’kidlangan.
Mazkur dasturni hayotga izchil tatbiq etish - Pedagogik hamkorlik texnologiyasi va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasi o‘z еchimini kutayotgan dolzarb muammo ekanligini ko‘rsatmoqda.

Download 169 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling