Dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi


Download 1.27 Mb.
bet51/65
Sana08.10.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1695451
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   65
Bog'liq
Elektrotexnika materiallari

Nuqtali diodlar bir necha milliamper tokga mо‘ljallangan. Ular elektron о‘tishli yupqa yarim о‘tkazgich plstinkadan yasaladi (4.1 - rasm). Nuqtali elektr о‘tish yarim о‘tkazgich plastinka 7 va uchi о‘tkirlashgan alyumin yoki indiy bilan
qoplangan metal prujina sim 4 larning jipslashgan joyida 6 hosil bо‘ladi. Odatda nuqtali diodlar n -tipdagi germaniydan, metall prujina (diametri 0,05-0,1 mm) yupqa simdan tayorlanadi va n - tipli germaniy uchun u akseptor (masalan, berilliy) hisoblanadi. Ba’zan yanada yaxshiroq r-n о‘tish hosil bо‘lishi uchun prujina uchi indiy bilan qoplanadi. Agar diod orqali qisqa impulsli tok (bir necha amper) о‘tkazilsa metall uchidagi qoplama erib yarim о‘tkazgich plastinka ichiga о‘tadi va boshqa tipdagi о‘tish qatlamini hosil qiladi. Ana shu qatlam bilan plastinka orasida yarim sferik shaklda r-n о‘tish 6 hosil bо‘ladi.
Nuqtali diodlar korpusi germetik holda yasalgan sopol yoki shisha ballon 2 dan iborat va u yorug‘lik tushmasligi uchun yorug‘lik qaytaruvchi qora ranga bо‘yalgan. О‘tishlar chiqishlari 3 nay 2 orqali tashqariga chiqarilgan.

4.1 - rasm 4.2 - rasm
Yassi diodlar bir necha ampergacha bо‘lgan toklarga mо‘ljallangan (4.2 - rasm). Yassi diodlar yassi elektr о‘tishga ega bо‘lib, uning chiziqli о‘lchamlari (yuzasi) r-n о‘tish kengligidan bir muncha katta. bu yuza kvadrat millimetrning yuzdan bir ulushidan (mikroyassi diodlar) bir necha о‘nlab kvadrat santimetr (kuchli diodlar) gacha bо‘ladi.139
Yassi diodlarni kristall ushlab turgich 8 ga birlashtirilgan yarim о‘tkazgich plastinka (r-n о‘tish) 7 kо‘rinishida yasaladi. bu plastinkaga erishish yoki diffuziya usuli bilan indiy yoki (germaniy uchun) yoki alyumin (kremniy uchun) atomlari kiritiladi. Yuqori kontakt 6 nisbatan katta tok о‘tkazish va о‘zidan issiqlik tarqatish qobiliyatiga ega. Bular hammasi zichlashtirilgan korpus 5 ga joylashtirilgan va


139 Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 509-bet.
undan tashqi va ichki chiqish 1,2 lar silindr 4 ichidagi nay 3 orqali tashqariga chiqarilgan. Yassi diodlarni tayorlashda maxsus texnologiyalardan foydalangan holda kichik yuza о‘tishli mikroyassi va diffuziyali mezadiodlar olish mumkin.
Yarim о‘tkazgichli diodlarni qо‘llanilishi va vazifalariga kо‘ra quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling