Dielektriklarning qutblanishi, qutblanish vektori


Dielektrik ichidagi elektr maydon kuchlanganligi


Download 165.85 Kb.
bet3/7
Sana01.05.2023
Hajmi165.85 Kb.
#1418383
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dielektriklarning qutblanishi

Dielektrik ichidagi elektr maydon kuchlanganligi. Dielektriklarda elektr maydon kuchlanganligini aniqlashda sinash zaryadining o‘lchamlari dielektrik molekulalari orasidagi masofaga qaraganda juda kichik deb faraz qilamiz, unda dielektrik ichidagi elektr maydon turlicha bo‘lib, molekulalarning zaryadlangan uchlari – dipollarda,ayniqsa, katta qiymatlarga erishadi. Maydonning bu o‘zgarishlari mikroskopik masshtablardagina ro‘y beradi, shuning uchun uni bevosita kuzatish qiyin. Shu tarzda aniqlangan maydon mikroskopik maydon (Yem) deb yuritiladi. Barcha real tajribalarda bizni mikroskopik maydonning hajm bo‘yicha o‘rtachalangan qiymati,ya’ni makroskorik maydon qiziqtiradi. Elektr maydon kuchlanganligining bu o‘rtacha qiymatini dielektrik ichidagi elektr maydon kuchlanganligi deb ataladi.
(4)
Bu formuladagi mikroskopik kata bo‘lishi, ya’ni undagi molekulalar soni ko‘p bo‘lishi lozim. Ammo u makroskopik jihatdan juda kichik bo‘lishi, ya’ni uning butun o‘lchamlari davomida maydonning makroskopik qiymati amalda o‘zgarmasligi kerak.Shu ikki shartni qanoatlantiradigan kichik hajmlarga fizikaviy chaksiz kichik hajm deyiladi. Shunga o‘xshash dielektrik ichidagi potensial deb biror fizikaviy kichik hajm bo‘yicha uning o‘rtacha qiymatiga aytiladi. Elektr maydon va potensial orasidagi bog’lrnish vakuumdagi kabidir. Yassi kondensator holda: (5)
Modda bo‘lgan holda elektrostatik maydondagi o‘zgarishlarni qaraymiz. Elektrostatikaning asosiy vazifasi ixtiyoriy zaryadlangan o‘tkazgich va neytral dielektrik tomonidan hosil qilgan maydonni topishdan iboratdir. Dielektrik qutblanganda hosil bo‘lgan qutblangan zaryadlar ham o‘zi elektr maydoni hosil qilgani uchun, fazoning har bir nuqtasida hosil bo‘lgan kuchlanganlik o‘tkazgichning erkin zaryadlari hosil qilgan maydon kuchlanganligi Eerk. va dielektrikning qutblangan zaryadlari hosil qilgan maydon kuchlanganligi Eq yig’indisidan iborat bo‘ladi:
E = Eerk + EK (6)
( Agar dielektrikka yana zaryad berilsa, u vaqtda bu formulaga qutblanmagan zaryadlar hosil qilgan kuchlanganlik ham kiritiladi ).
Superpozisiya prinsipi masalani umumiy holda yechishga yaroqli emas. Ish shundaki, uni qo‘llash zaryadlarning fazoda tarqalishi berilgan holda qulaydir, erkin zaryadlarning o‘tkazgich sirtida taqsimlanishi va dielektrikdagi qutblangan zaryadlar izlanayotgan maydon orqali aniqlanadi va avvaldan aniq emas.( bundan zaryadning taqsimlanishini simmetriya nuqtai nazaridan yoki nuqtaviy zaryadlar sistemasi mustasnodir). Shuning uchun maydonni aniqlashda elektrostatika tenglamalaridan foydalaniladi.

Download 165.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling