Dielektriklarning qutblanishi, qutblanish vektori
Download 165.85 Kb.
|
Dielektriklarning qutblanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhitning dielektrik cingdiruvchanligi va qabul qiluvchanligi.
Rasm 5.1.
Qutblangan molekulalarga maydon eng avvalo yo‘naltiruvchi ta’sir ko‘rsatadi: molekulaning dipol moment vektorlari tashqi maydon bo‘lmaganda xaotik harakatda bo‘ladi, maydon ta’sirida esa ular maydon yo‘nalishi bo‘yicha oriyetirlanadi. (rasm. 5.1 b). Kristallarda ham maydon ta’sirida zaryadlarning siljishi ro‘y beradi. Kovalent bog’lanishli kristallarda birinchi navbatda elektronlar siljiydi: ionli kristallarda panjarachalar bir-biriga nisbatan siljiydi. Biz ko‘rdikki, dielektrik muhit uning tuzilishiga qarab tashqi elektr maydon ta’siriga turlicha uchraydi. Lekin barcha dielektriklar uchun xarakterli bo‘lgan tomon shundaki, dielektrik hajmining eng kichik elementi noldan farq qiladigan yig’indi dipol momentga ega bo‘ladi-dielektrik qutblanadi. Yuqorida aytib o‘tilgan qutblanish mexanizmida quyidagi nomga ega bo‘ladi. Qutblanmagan molekulalardan tashkil topgan dielektrik qutblanishini elektron siljish qutblanishi deyiladi. Bu termin kovalent bog’lanishli kristall dielektriklar uchun ham ishlatiladi. Qutblangan molekulalardan hosil bo‘lgan dielektrikning qutblanishiga oriyentasiyali qutblanish deyiladi. Nihoyat, ionli bog’lanishli kristallarda ro‘y bergan qutblanishga ionli siljish deyiladi. Dielektrikning qutblanish darajasini miqdoriy jihatdan xarakterlash uchun fizik kattalik qutblanish vektori kiritiladi. Qutblanish vektori modda hajm birligidagi dipol momentlari yig’indisidir. Demak, agar kichik hajm V da ( qandaydir nuqta atrofida ) molekulaning yig’indi dipol momenti ga teng bo‘ladi ( bu yerda Pi-i-ta molekulaning momenti, yig’indi V hajmdagi barcha molekulalar bo‘yicha olindi), bu vaqtda ta’rif bo‘yicha qaralayotgan nuqtadagi qutblanish vektori P quyidagi formula bilan aniqlanadi: (1) Maydonning xarakteriga va dielektrikning xossasiga qarab qutblash dielektrikning turli nuqtalarida turlicha bo‘lishi mumkin, boshqacha qilib aytganda, qutblanish vektori koordinataning funksiyasidir. Muhitning dielektrik cingdiruvchanligi va qabul qiluvchanligi. Izotrop dielektriklar uchun (biz shunday dielektriklar bilan chegaralanamiz), uncha kuchli bo‘lmagan maydonda qutblanish vektori elektr maydon kuchlanganligiga proparsionaldir: , (2) Koeffisiyent - moddaning xossasiga va dielektrikning holatiga bog’liq bo‘ladi va unga moddaning dielektrik qabul qiluvchanligi deyiladi. Dielektrik qabul qiluvchanlik turli xil modda uchun turlicha bo‘lib o‘lchamsiz kattalikdir. Masalan, qutblangan molekuladan tashkil topgan dielektriklar uchun nazariya ko‘rsatadiki, - temperatura ( T ) ga teskari proparsional: Qutblanmagan molekuladan tuzilgan dielektriklar uchun temperaturaga umuman bog’liq bo‘lmaydi. Dielektrik qabul qiluvchanlik bilan nisbiy dielektrik singdiruvchanlik orasida quyidagicha bog’lanish mavjud: (3) Download 165.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling