Dif ” fakulteti 3 – bosqich dif 310-20 guruh talabasining metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash fanidan tayyorlagan
Download 159.25 Kb.
|
metrologiya mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash FANIDAN TAYYORLAGAN 1-Mustaqil ishi Bajardi: Xajiqurbonov Azizbek
- O’zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to’g’risida” va “Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida” gi qonunlari Davlat standartlashtirish tizimi
- Standartlashtirish ishlari ustidan davlat nazorati Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI “ Dif ” FAKULTETI 3 – BOSQICH DIF 310-20 GURUH TALABASINING Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash FANIDAN TAYYORLAGAN 1-Mustaqil ishi Bajardi: Xajiqurbonov Azizbek Qabul qildi: Eshmuradov Dilshod Mavzu:Standartlashtirishning aloqa va axborotlashtirish sohasidagi ahamiyati. Reja: Kirish O’zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to’g’risida” va “Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida” gi qonunlari Davlat standartlashtirish tizimi Standartlashtirishning asosiy tamoyillari. Standartlashtirish usullari Standartlashtirish ob`yektlari. Standartlashtirish ishlari ustidan davlat nazorati Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Standartlashtirish – haqiqatda mavjud yoki potentsial vazifalarga nisbatan umumiy va ko'p karrali foydalanish uchun qoidalarni belgilash vositasida muayyan sohada tartibga keltirishning optimal darajasiga erishishga qaratilgan ilmiy-texnik faoliyat. Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish bo'yicha faoliyatni boshqarish va ishlarni muvofiqlashtirishni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi amalga oshiradi. Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish bo'yicha ishlarni tashkil qilish va o'tkazish uchun: «UNICON.UZ» • Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi qoshidagi Standartlashtirish tayanch tashkiloti (STT) (http://unicon.uz/bos/); •Standartlashtirish bo'yicha texnik qo'mita; •O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Normativ hujjatlar bo'yicha ekspert komissiyasi (Normativ hujjatlar bo'yicha ekspert komissiya); • xo'jalik yurituvchi sub'ektlardagi standartlashtirish xizmatlari (standartlashtirish bo'yicha vakil) ish olib boradilar. Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish bo'yicha faoliyatni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida O'zbekiston davlat standartlashtirish tizimining tarkibiy qismi hisoblangan tarmoq «Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish tizimi» yaratildi. Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi standartlashtirish tizimining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat: • normativ hujjatlarning texnik, ijtimoiy zarurligi va maqbulligini hisobga olgan holda ularni ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligi; • standartlashtirishning o'zaro bog'langan ob'ektlarini standartlashtirish kompleksliligi,shu jumladan ushbu ob'ektlarga qo'yiladigan kelishilgan talablarni ishlab chiqish va normativ hujjatlarni amalga kiritish muddatlarini muvofiqlashtirish asosida metrologik ta'minot; • aloqa va axborotlashtirish sohasida ishlab chiqiladigan normativ hujjatlarning fan, texnikaning zamonaviy yutuqlariga, aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirish tendentsiyalari, ilg'or tajriba, qonun hujjatlariga muvofiqligini ta'minlash; • standartlashtirish bo'yicha barcha darajadagi normativ hujjatlarning o'zaro bog'liqligi va kelishilganligi, normativ hujjatlar ishlab chiqilishini boshqaruvning turli darajalardagi standartlashtirish identik ob'ektlariga takrorlanishini istisno etish; • standartlashtirish bo'yicha normativ hujjatlar, dasturlar va ishlar rejasi to'g'risidagi axborotning ochiqligi; • normativ hujjatlarni ko'pchilik manfaatdor tomonlar kelishuviga erishish asosida tasdiqlash; • normativ hujjatlardan sertifikatlashtirish va metrologiya maqsadlari uchun foydalanish imkoniyati; • standartlashtirish sohasida zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarini qo'llash. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan xalqaro, davlatlararo, milliy, mintaqaviy va davlat hamda tarmoq standartlarining keng qo'llanishi uchun Standartlashtirish tayanch tashkiloti tomonidan normativ hujjatlar fondi yaratildi va yuritiladi. Fond strukturasi standartlashtirish bo'yicha xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlarning (ISO, ITU, ETSI) normativ hujjatlari, davlatlararo standartlar, O'zbekiston davlat standartlari, rahbariy hujjatlari va tavsiyalari; qog'oz va elektron eltuvchilardagi tarmoq normativ hujjatlaridan iborat. Normativ hujjatlar «Aloqa va axborotlashtirish sohasi normativ hujjatlarining ma'lumotlar banki» avtomatlashtirilgan tizimiga (NHMB AT) kiritiladi. Keng doiradagi foydalanuvchilarning aloqa va axborotlashtirish sohasi normativ hujjatlarining ma'lumotlar bankidan tezkorlik bilan foydalana olishi maqsadida NHMB AT Internet-versiyasi ishlab chiqildi. Joriy yilning iyul oyidan sohadagi kompaniyalar va korxonalar http://stt.unicon.uz saytida ro'yxatdan o'tganidan va parol olganidan keyin, ma'lumotlar bankidan normativ hujjatlarni bepul olishlari mumkin. Normativ hujjatlar bo'yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ekspert komissiyasi aloqa va axborotlashtirish sohasining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qayta ko'rib chiqish, ularni ekspertiza qilish maqsadida tashkil qilindi. Hujjatlar: • O'zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to'g'risida»gi Qonuni • K 013:2003 «O'zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish sohasini standartlashtirish tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi» • TSt 45.019:2004 «Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish tizimi» tarmoq standarti; • TSt 45.034:2002 «Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish tizimi. Normativ hujjatlarni joriy etish tartibi» tarmoq standarti; • T 45-002:2006 «Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish tizimi. Xo'jalik yurituvchi sub'ektning standartlashtirish xizmati to'g'risida namunaviy nizom» tavsiyalari; • RH 45–004:2008 «Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish tizimi. Normativ hujjatlarni rejalashtirish, ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va ro'yxatga olish tartibi» rahbariy hujjati; • RH 45-010:2005 «Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish tizimi. Normativ hujjatlar fondini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi» rahbariy hujjati; • RH 45-132:2002 «Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish tizimi. Xalqaro normativ hujjatlarning talablari bilan ishlab chiqiladigan normativ hujjatlarni qiyosiy tahlil qilish metodikasi» rahbariy hujjati; • T 45-141:2008 «Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish tizimi. Standartlashtirish bo'yicha ishlar rejasini tuzish va hisobot shakllarini to'ldirish bo' yicha yo'riqnoma» tavsiyalari. Standartlashtirish bo'yicha texnik qo'mita (TQ) aloqa va axborotlashtirish sohasidagi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi strategiyani kollegial ishlab chiqish uchun yaratilgan. TQ faoliyatining maqsadi – xalqaro standartlarning talablari bilan uyg'unlashtirilgan normativ hujjatlarni ishlab chiqish bo'yicha, amaldagi standartlarni o'zgartirish va ularni bekor qilish bo'yicha; taqdim etiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash va iste'molchilar huquqlarining himoya qilinishini ta'minlash maqsadida etakchi xorij mamlakatlar va firmalari standartlaridan foydalanish bo'yicha tavsiyalar tayyorlash. Texik qo'mita yig'ilishi Texnik qo'mitaning tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq o'tkaziladi. Download 159.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling