* GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROTNOMASI, 2014.
№ 4 *
14
Jun keratinida tutash disulfidli ko‘prikchalar hosil qiluvchi ko‘p miqdordagi oltingugurt
mavjudligi sababli keratin allaqachon ―vulkanizatsiya‖ oqsili nomini olgan.
Turli xarakterdagi ko‘ndalang bog‘larni hosil bo‘lishini sxema ko‘rinishida
quyidagicha
tasvirlash mumkin:
Vodorod bog‘ karbonil guruhdagi va qo‘shni makromolekula aminoguruhidagi kislorodlarning
o‘zaro ta‘sirlashishi natijasida hosil bo‘ladi, xuddi shuningdek, keratin makromolekulasida ko‘p
miqdorda
ushbu guruh
lar mavjud. Molekulalararo vodorod bog‘lar jun tolasining chidamlilik
xususiyatida katta rol o‘ynaydi.
Xullas, glitserin va suvdan iborat bulgan kompozitsiyani optimal tarkibini topish uchun, ushbu
kompozitsiya tarkibidagi komponentlarni har birini alohida-alohida kompozitsiyani
fizik-kimyoviy
xossalariga ta‘siri o‘rganib chiqildi, shuningdek tolaning fizik-mexanik xossalariga ta‘siri o‘rganildi
Qovushkoklikka, suyuqliklarni sirt tarangligiga nisbatan olingan
natija asosida quyidagi
kompozitsiyani optimal tarkibi jun tolasiga ishlov berishga tavsiya etildi: glitserin-5%; suv-95%.
Ushbu tavsiya etilgan optimal tarkibdagi kompozitsiya bilan jun tolasiga ishlov berilganda tolaning
fizik-mexanik xossalari yaxshilanishi isbotlandi (2-rasm).
Jun tolasining fizik-mexanik xossalariga kompozisiya emulsiyasi
va ularning komponentlari
ta‘sirini aniqlashda tatqiqotning asosiy obyekti o‘rtacha diametri 21,8 mkm va o‘rtacha uzunligi
105 mkm bo‘lgan jun tolasi hisoblanadi.
Emulsiya sifatida distillangan suv
hamda ko‘p atomli spirt glitserindan foydalanildi:
Do'stlaringiz bilan baham: