Differensial tenglamalarning zamonaviy muammolari va ularning tatbiqlari


Download 322.32 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.10.2023
Hajmi322.32 Kb.
#1723294
Bog'liq
1-axborot xati-Salohiddinov-90



DIFFERENSIAL TENGLAMALARNING ZAMONAVIY 
MUAMMOLARI VA ULARNING TATBIQLARI 
Xalqaro ilmiy anjuman 
 
23-25 noyabr, 2023-yil 
Toshkent, Oʻzbekiston Respublikasi 
 
Hurmatli hamkasblar! 
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti va Oʻzbekiston 
Respublikasi Fanlar akademiyasi, V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institute 
hamkorlikda 2023-yilning 23-25 noyabr kunlari “Differensial tenglamalarning 
zamonaviy muammolari va ularning tatbiqlari” nomli xalqaro ilmiy anjuman 
oʻtkazmoqda.
Ushbu anjuman Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi 
Mahmud Salohiddinovich Salohiddinovning 90 yillik yubileyiga bagʻishlanadi.
Ilmiy anjuman maqsadi – differensial tenglamalar, matematik fizika, analiz va 
ularning tatbiqlariga oid yoʻnalishlarning zamonaviy holati va ularni rivojlanish 
istiqbollarini muhokama qilish. 
Anjuman quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻtkazilmoqda:

Matematika va matematik modellashtirish instituti (Olmaota, 
Qozogʻiston),

«Математический центр в Академгородке» xalqaro matematik 
markaz (Novosibirsk, Rossiya),

Fargʻona davlat universiteti (Fargʻona, Oʻzbekiston),

Termiz davlat universiteti (Termiz, Oʻzbekiston). 
ANJUMANNING ASOSIY ILMIY YOʻNALISHLARI 
Anjumanda differensial tenglamalar va ularning tatbiqlariga oid dolzarb 
masalalar muhokama etiladi. 
Ilmiy anjumanda quyidagi seksiyalar faoliyat yuritadi: 

Buziladigan va aralash tipdagi tenglamalar. 

Matematik fizikaning noklassik tenglamalari. 

Kasr tartibli analiz va uning tatbiqlari. 

Dinamik sistemalar, optimal boshqaruv va differensial oʻyinlar. 

Hisoblash matematikasi va matematik modellashtirish. 
Anjuman oʻzbek, rus va ingliz tillarida ish olib boradi. 


Anjuman Oʻzbekiston Milliy universiteti va Matematika institutida oʻtkaziladi. 
Muhim sanalar: 
01.10.2023 y. 
- ma’ruza nomi kiritilgan registratsiya formasini 
topshirishning oxirgi muddati. 
01.11. 2023 y. 
- Ma’ruza tezislarini qabul qilishning oxirgi muddati. 
22.11.2023 y.
- anjumanga kelish kuni (uzoqdan keluvchilar uchun). 
23.11.2023 y.
- anjuman ochilish marosimi. 
25.11.2023 y.
- anjuman yopilish marosimi. 
25.11.2023 y.
- anjumandan ketish sanasi (uzoqdan keluvchilar uchun). 
“Differensial tenglamalarning zamonaviy muammolari va ularning tatbiqlari” 
nomli xalqaro ilmiy anjuman materiallarini anjuman boshlanishiga chop etish 
rejalangan. 
Anjumanda qatnashish tashkiliy toʻlovi 100 ming soʻm. 
Registratsiya formasini quyidagi 
manzil
da toʻldirish mumkin. 
ANJUMAN MATERIALLARINI RASMIYLASHTIRISH QOIDALARI 
Tezislar 3 tilda – oʻzbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. 
Tezislar hajmi maksimum 2 bet, A4 formatda Latex redaktorida terilgan boʻlishi 
kerak.
Namuna 
fayl 
xatga 
biriktiriladi 
yoki 
uni 
anjuman 
sayti(https://mpdea.uz/web/index.php?r=site%2Fpage&page=11)dan ham olish 
mumkin. 
Ma’ruza 
materiallarini 
(tex-fayl, 
jpg 
yoki 
pdf-fayl) 
larni 
mahmud.salohiddinov90@gmail.com pochta manziliga 01.11.2023 y. gacha joʻnatish 
lozim. Fayl nomi muallif familia va ismi bilan lotin alifbosida yozilishi tavsiya etiladi. 
Masalan, agar muallif Abdullayev Abdulla boʻlsa, fayllar nomi quyidagicha 
nomlangani ma’qul: 
AbdullaevA.tex, AbdullaevA.pdf, AbdullaevA.jpg, AbdullaevA.zip. 
Ma’ruzani anjumanlar materiallari toʻplami va dasturga kiritish tashkiliy qoʻmitaning 
maxsus komissiyasi tomonidan berilgan xulosa asosida boʻladi. 

Download 322.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling