Diffuzion Potensial Hosil Bo'lish Sabablari Va Uni Yo'qotish Sabablari
Download 119.16 Kb.
|
Diffuzion Potensial Hosil Bo\'lish Sabablari Va Uni Yo\'qotish Sab-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shifobaxsh mineral uv
23 H bog’lanishVodorod bog‘lanish. Biror molekulaning vodorod atomi bilan boshqa molekulaning kuchli elektrmanfiy element (O, F, N) atomi orasida yuzaga chiqadigan bog‘lanish vodorod bog‘lanish deb ataladi.Nima sababdan faqat vodorod atomi ana shunday alohida kimyoviy bog‘lanish hosil qiladi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Buning sababi, vodorod atomining radiusi nihoyatda kichik ekanligida, deb javob bersa bo‘ladi. Undan tashqari, vodorod atomi o‘zigina elektronni siljitsa yoki batamom yo‘qotsa, u nisbatan yuqori musbat zaryadga ega bo‘ladi; biror molekulaning vodorod atomi ana shu musbat zaryad hisobiga, qisman manfiy zaryadga ega bo‘lgan va boshqa molekula (HF, H2O, NH3)lar tarkibiga kirgan elektrmanfiy element atomi bilan o‘zaro ta’sirlashadi. Ba’zi bir misollarni ko‘zdan kechiramiz. Biz, odatda, suv tarkibini kimyoviy formula H2O bilan tasvirlaymiz. Lekin bunday ifodalashimiz u qadar to‘liq emas. Suvning tarkibini (H2O)n formula bilan ko‘rsatsak, to‘g‘ri ish qilgan bo‘lar edik (bu yerda n =2,3,4 va hokazo). Buning to‘g‘ri ekanligining sababi shundaki, suvda ayrim molekulalar bir-biri bilan vodorod bog‘lanishlar orqali birikkan bo‘ladi. Buni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin:Vodorod bog‘lanishni nuqtalar shaklida tasvirlash qabul qilingan. Bu bog‘lanish ion va kovalent bog‘lanishlarga qaraganda anchagina bo‘sh, lekin oddiy molekulalararo o‘zaro ta’sirga qaraganda ancha mustahkam bog‘lanish hisoblanadi.Тemperatura pasayganda suv hajmining kattalashishi vodorod bog‘lanish mavjudligi bilan tushuntiriladi. Buning sababi shundaki, temperatura pasayganda suv molekulalari assotsilanadi. Natijada molekular „uyumlar“ ning zichligi kamayadi.
24 Shifobaxsh mineral uv Ularning tib axamiyatiSuv — erituvchi, uningsiz sanoat jarayonlarini ham tasavvur qilish qiyin. Suv juda koвЂplab kimyoviy reaksiyalar amalga oshishi uchun ajoyib muhit boвЂlib hisoblanadi. Suvsiz terini oshlash va qayta ishlash, gazlamalarni ohorlash va boвЂyash, sovun va boshqalarni ishlab chiqarish mumkin boвЂlmay qolar edi. Suv tibbiyotda turli dorivor eritmalar tayyorlashda va ulardan turli kasalliklarni davolash-da qo’llaniladi. Oddiy minerallashtirilgan suv har xil dorivor tuzlar eritmasi boвЂlib, bir qancha kasalliklarni davolash, oldini olish uchun iste’moвЂl qilinadi. Turli moddalarning suvli eritmalari inson hayotini turli qulayliklar bilan ta’minlashda keng ishlatiladi, masalan, kislota va asoslar eritmalari oddiy energetik akkumulyatorlarda qoвЂllanilib, harakat vositalari, avtomobillarni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi. Download 119.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling