5. Yorugʼlikning difraktsiyasi va interferentsiyasi hodisalarini oʼrganish
(virtual laboratoriya ishi).
Difraksiya va interferensiya
Ishning maqsadi:
Kogerent elektromagnit to‘lqinlarning qo‘shilish jarayonini
modellashtirish bilan tanishish.
Ikkita manba(tirqish)dan chiqayotgan yorug‘lik to‘lqinlarining o‘zaro
taʹsirlashishi qonuniyatlarini tajribada tekshirish.
Qisqacha nazariya:
Difraksiya va interferensiya hodisalari bir‐biridan fizikaviy jihatdan
katta farq qilmaydi. Ikkala hodisa ham to‘lqinlar superpozitsiyasi natijasida
yorug‘lik oqimi energiyasining fazoda qayta taqsimlanishi tufayli yuzaga
keladi.
Kogerentlik ‐ bir nechta tebranma yoki to‘lqin jarayonlarning o‘zaro
muvofiqlashgan holda kechishidir.
Kogerent to‘lqinlar deb chastotalari bir xil, fazalar farqi vaqt davomida
o‘zgarishsiz qoladigan garmonik to‘lqinlarga aytiladi.
Interferensiya ‐ cheCi sohadagi diskret kogerent to‘lqin manbalaridan
chiqayotgan to‘lqinlar superpozitsiyasi natijasida intensivlik (yorug‘lik
oqimi)ning qayta taqsimlanishidir.
Difraksiya ‐ uzluksiz (ketma‐ket) joylashgan kogerent to‘lqin manbalari
yuzaga
keltirayotgan
to‘lqinlar
superpozitsiyasi
natijasida
intensivlik(yorug`lik
oqimi)ning
qayta
taqsimlanishidir.
Difraksiya
to`lqinlarining geometrik soya sohasiga tarqalishi, ya`ni yorug`lik nuri
tushmaydigan sohaga tarqalishi orqali namoyon bo`ladi.
Gyuygens prinsipi: to`lqin sirtining har bir elementi ikkilamchi sferik
to`lqinlar manbasi bo`lishi mumkin, ushbu sirtdan keyingi ixtiyoriy
nuqtalardagi to`lqinlarni ikkilamchi manbalar tarqatayotgan to`lqinlar
superpozitsiyasi natijasi deb qarash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |