Difraksiya va interferensiya Ishning maqsadi


Download 463.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana06.04.2023
Hajmi463.02 Kb.
#1331436
  1   2   3
Bog'liq
Difraksiya va inteferinsiya



5. Yorugʼlikning difraktsiyasi va interferentsiyasi hodisalarini oʼrganish
(virtual laboratoriya ishi). 
Difraksiya va interferensiya
Ishning maqsadi:
Kogerent elektromagnit to‘lqinlarning qo‘shilish jarayonini 
modellashtirish bilan tanishish.
Ikkita manba(tirqish)dan chiqayotgan yorug‘lik to‘lqinlarining o‘zaro 
taʹsirlashishi qonuniyatlarini tajribada tekshirish.
Qisqacha nazariya:
Difraksiya va interferensiya hodisalari bir‐biridan fizikaviy jihatdan 
katta farq qilmaydi. Ikkala hodisa ham to‘lqinlar superpozitsiyasi natijasida 
yorug‘lik oqimi energiyasining fazoda qayta taqsimlanishi tufayli yuzaga 
keladi.
Kogerentlik ‐ bir nechta tebranma yoki to‘lqin jarayonlarning o‘zaro 
muvofiqlashgan holda kechishidir.
Kogerent to‘lqinlar deb chastotalari bir xil, fazalar farqi vaqt davomida 
o‘zgarishsiz qoladigan garmonik to‘lqinlarga aytiladi.
Interferensiya ‐ cheCi sohadagi diskret kogerent to‘lqin manbalaridan 
chiqayotgan to‘lqinlar superpozitsiyasi natijasida intensivlik (yorug‘lik 
oqimi)ning qayta taqsimlanishidir.
Difraksiya  uzluksiz (ketma‐ket) joylashgan kogerent to‘lqin manbalari 
yuzaga 
keltirayotgan 
to‘lqinlar 
superpozitsiyasi 
natijasida 
intensivlik(yorug`lik 
oqimi)ning 
qayta 
taqsimlanishidir. 
Difraksiya 
to`lqinlarining geometrik soya sohasiga tarqalishi, ya`ni yorug`lik nuri 
tushmaydigan sohaga tarqalishi orqali namoyon bo`ladi.
Gyuygens prinsipi: to`lqin sirtining har bir elementi ikkilamchi sferik 
to`lqinlar manbasi bo`lishi mumkin, ushbu sirtdan keyingi ixtiyoriy 


nuqtalardagi to`lqinlarni ikkilamchi manbalar tarqatayotgan to`lqinlar 
superpozitsiyasi natijasi deb qarash mumkin.

Download 463.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling