Fizikaviy kimyoning biologiya, ekologiyadagi axamiyati Reja


Download 171.71 Kb.
bet1/4
Sana11.10.2023
Hajmi171.71 Kb.
#1699112
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu-15


Fizikaviy kimyoning biologiya, ekologiyadagi axamiyati
Reja:
  • Kimyoviy termodinamika asoslari. Asosiy tushunchalar va ta’riflar. Ichki energiya.
  • Turli jarayonlarni o’rganishda termodinamika birinchi qonunini.
  • Termokimyo. Gess qonuni. Entalpiya.
  • Termodinamikaning ikkinchi qonuni. Entropiya.
  • Termodinamikaning uchinchi qonuni.

Fizikaviy kimyo-fani kimyoviy hodisalarni fizika fani yordamida o‘rganuvchi va bu hodisalarning qonuniyatlarini nazariy jihatdan ochib beruvchi hamda tushuntiruvchi fandir.
Fizikaviy kimyo, asosan quyidagi bo`limlardan iborat.
1. Moddalarning agregat holatlari;
2. Moddalarning atom-molekulyar tuzilishi;
3. Termodinamika asoslari ( Kimyoviy termodinamika);
4. Kimyoviy muvozanat
5. Eritmalar
6. Adsorbsiya
7. Elektrokimyo;
8. Kimyoviy kinetika va kataliz;
9. Fotokimyo
Ochiq sistema- bunday sistemalar tashqi muhit bilan modda va energiya almashinuvi holatida bo`ladi. Odam organizmi ochiq sistemaga tegishli bo`lib, u atrof muhit bilan energiya( masalan, issiqlik, nurlanish energiyasi) almashinuvini amalga oshiradi. Xuddi shuningdak oqadigan (проточны) apparatlar; gaz trubinasi; rektifikatsion kolonka va boshqalar ham ochiq sistemalardir;
  • yopiq sistema- tashqi muhit bilan modda almashinmaydi, unda tashqi muhit bilan faqat energiya almashinuvi kuzatiladi. Bunday sistemaga og’zi germetik qlib yopilgan idishdagi modda (gaz, suyuq va qattiq )larni misol qilish mumkin.
  • izolyasiyalangan sistema - bunday sistemalarda tashqi muhit bilan na modda, na energiya almashinuvi kuzatiladi. Tabiatda bunday sistemalar uchramaydi, ular faqat nazariy ahamiyatga ega, xolos. Lekin ularga yaqinroq bo`lgan, ya`ni nisbatan izolirlangan sistemaga misol qilib d`yuar idishini olish mumkin. Po`rtlash paytidagi jarayon va sistemalar ham izolirlangan sistemaga yaqinlashib ketadi.


Download 171.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling