Fizikaviy kimyoning biologiya, ekologiyadagi axamiyati Reja


Download 171.71 Kb.
bet2/4
Sana11.10.2023
Hajmi171.71 Kb.
#1699112
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu-15

Termodinamika so`zi grekcha “therme”- issiqlik va “ dinamis’- kuch so`zlaridan olingan bo`lib uning ma`nosi issiqlik bilan bog`liq bo`lgan kuchlar (energiyalar) to`g`risidagi fan demakdir.
Termodinamik sistema moddiy borliqning haqiqiy yoki xayoliy chegara sirt bilan ajratilgan makroskopik qismidir.
Gomogen sistema- barcha qismlari bir jinsli, ya`ni sistemaning xossalari jihatidan farq qiladigan tarkibiy qismlari chegara sirti bilan ajralmagan bo`ladi. Hohlagan agregat holatda bo`lishi mumkin. Misollar: a) ballondagi siqilgan gaz; b) rezervuardagi spirt; c)metall tayoqcha;
Tеrmоdinаmikаning birinchi qоnuni mаtеmаtik tаrzdа quyidаgichа ifоdаlаnаdi:

Tеrmоdinаmikаning birinchi qоnunidаn muhim xulоsа kеlib chiqаdi: issiqlik sаrflаmаy turib ish bаjаrib bo`lmаydi. Bu qоnunning bоshqаchа ta’rifi hаm bоr: izоlyatsiyalаngаn sistеmаdа bаrchа turdаgi enеrgiyalаr yig`indisi o`zgаrmаs miqdоrdir.


Termodinamikaning birinchi qonunini R.Meyer kashf etgan.
Termodinamikaning birinchi qonuniga ko`ra energiya yo`qolmaydi va yo`qdan bor bo`lmaydi. Agar biror jarayon davomida energiyaning bir turi yo`qolsa, uning o`rniga ekvivalent miqdorda boshqa bir turi paydo bo`ladi.
Termodinamikaning 1 qonuniga muvofiq, sistemaga issiqlik (Q) berilsa, u sistemaning ichki energiyasini oshirishga va foydali ish bajarishga sarf bo`ladi.
Odatda bajarilgan ish va sarf qilingan issiqlik differensial holda beriladi:
δQ = dU + δA
bu yerda d – to`liq funksiyaning, δ – noto`liq funksiyaning cheksiz kichik o`zgarishidir.
Agar ish faqatgina gazning kengayishi (torayishi) jarayonida bajarilgan ish bo`lsa :
δ Q = dU + PdV
tenglamaga muvofiq, sistemaga tashqaridan berilgan issiqlik, uning ichki energiyasini oshirishga va sistemaning ish bajarishiga sarflanadi.
Agar jarayon sistеma hajmining kеngayishi (yoki torayishi) bilan borayotgan bo`lsa va boshqa xil foydali ish bajarmasa:
Turli jarayonlarda bajarilgan ish va ulardaga termodinamika birinchi qonuni tadbiqi
a
Download 171.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling