Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘G‘risida


Download 488.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana26.06.2023
Hajmi488.34 Kb.
#1656050
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O‘RQ-539 21.05.2019



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 
QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA 
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 16-aprelda qabul qilingan 
Senat tomonidan 2019-yil 3-mayda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar 
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi 
Ushbu Qonunning maqsadi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi 
munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
2-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi 
qonunchilik 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu 
Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. 
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda 
tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi

3-modda. Asosiy tushunchalar 
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: 
lokal tarmoq — elektr, issiqlik energiyasini yoxud biogazni tashish (uzatish) va (yoki) 
taqsimlash uchun mustaqil ravishda ishlovchi elektr, issiqlik va (yoki) gaz tarmog‘i; 
mikro va kichik gidroelektrostansiyalar — elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun suv 
oqimlarining tabiiy harakati energiyasidan foydalanuvchi, o‘rnatilgan quvvati tegishincha 0,2 MVt 
va 30 MVtgacha bo‘lgan to‘g‘onsiz gidroelektrostansiyalar; 

Download 488.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling