qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi
davlat dasturlarini va
boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab
chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida energiya jihatidan samarador,
energiyani tejovchi va innovatsion zamonaviy texnologiyalarning yaratilishi hamda joriy etilishiga,
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining ishlab chiqarilishini
tashkil etishga
ko‘maklashadi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar va qayta tiklanuvchi
energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qiladi;
Oldingi
tahrirga qarang.
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini joylashtirish uchun yer uchastkalarining
berilishini ta’minlaydi.
(8-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi
Qonuni
.
9-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi ilmiy-
texnikaviy va innovatsion ta’minot
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini
ishlab chiqarishni,
shuningdek
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni ilmiy-texnikaviy hamda innovatsion jihatdan
ta’minlash davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar
akademiyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: