Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘G‘risida


-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida davlat


Download 488.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana26.06.2023
Hajmi488.34 Kb.
#1656050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O‘RQ-539 21.05.2019

5-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida davlat 
boshqaruvi 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish 
sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari 
tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi. 
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qayta tiklanuvchi 
energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi vakolatlari 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati 
amalga oshirilishini ta’minlaydi; 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini 
tasdiqlaydi; 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi fundamental, amaliy, 
innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish, shuningdek ilmiy-texnikaviy yutuqlarni targ‘ib qilish uchun 
sharoitlar yaratadi; 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni 
muvofiqlashtiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan 
foydalanish sohasida o‘z vakolatlari doirasida:
Elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarini yagona elektr energetikasi 
tizimiga ulash reglamentini; 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilarni, shuningdek qayta 
tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash tartibini; 


qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiya bozorida qulay 
raqobatbardoshlilik hamda ishbilarmonlik muhiti shakllantirilishini rag‘batlantiruvchi narx va tarif 
siyosatini; 
qayta tiklanuvchi energiya manbalari resurslarining davlat hisobini yuritish tartibini belgilab 
beruvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi. 

Download 488.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling