Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘G‘risida


-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi maxsus


Download 488.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana26.06.2023
Hajmi488.34 Kb.
#1656050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O‘RQ-539 21.05.2019

7-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi maxsus 
vakolatli davlat organi 
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan 
foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli 
davlat organi deb yuritiladi). 
Maxsus vakolatli davlat organi: 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini 
amalga oshiradi; 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini va 
boshqa dasturlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi; 
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan 
foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi texnik reglamentlarni
normalar va qoidalarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi; 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarining va 
boshqa dasturlarning bajarilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi; 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan 
energiya ishlab chiqaruvchilarni, shuningdek qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini 
ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga, qayta tiklanuvchi energiya 
manbalaridan ishlab chiqariladigan energiya bozorida narx va tarif siyosatiga doir masalalar 
yuzasidan takliflar kiritadi; 
qayta tiklanuvchi energiya manbalari resurslarining, qayta tiklanuvchi energiya 
manbalaridan ishlab chiqariladigan energiyaning va qayta tiklanuvchi energiya manbalar i 
qurilmalarining davlat hisobini yuritadi; 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasiga innovatsion texnologiyalar, 
ilmiy-texnikaviy ishlanmalar joriy etilishiga ko‘maklashadi; 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha investitsiyaviy jozibadorlikni 
oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, qayta tiklanuvchi 
energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiya bozorida qulay raqobatbardoshlilik hamda 
ishbilarmonlik muhiti shakllantirilishini rag‘batlantiruvchi narx va tarif siyosatini takomillashtirish 
asosida amalga oshiradi; 
iqtisodiyot tarmoqlariga va maishiy sektorga qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan 
foydalanish sohasidagi resurslarni va energiyani tejovchi ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni 
rag‘batlantirish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi; 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi; 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga 
oshiradi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-fevraldagi 108-son qarori bilan tasdiqlangan 
“O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi to‘g‘risida nizom”ning 11-bandi 
“i” kichik bandi


Download 488.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling