Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘G‘risida


-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi


Download 488.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana26.06.2023
Hajmi488.34 Kb.
#1656050
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
O‘RQ-539 21.05.2019

14-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi 
imtiyozlar va preferensiyalar
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar qayta tiklanuvchi 
energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq bo‘lgan) o‘rnatganlik 
uchun mol-mulk solig‘ini to‘lashdan hamda ushbu qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar 
bo‘yicha yer solig‘ini to‘lashdan ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran o‘n yil muddatga 
ozod etiladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646-sonli 
Qonuniga 
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-
son) 


Amaldagi energetika resurslari tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan yashash uchun 
mo‘ljallangan joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar egaligidagi 
mol-mulkka qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanilgan oydan e’tiboran uch yil 
muddatga jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i solinmaydi.
Amaldagi energetika resurslari tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan yashash uchun 
mo‘ljallangan joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta 
tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga yer solig‘idan 
ozod etiladi.
Energiya yetkazib beruvchi tashkilot tomonidan berilgan amaldagi energetika resurslari 
tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan holda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish 
to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ushbu moddaning 
uchinchi
va 
to‘rtinchi qismlarida
ko‘rsatilgan 
imtiyozlarni berish uchun asos bo‘ladi. 
4-bob. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari 

Download 488.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling