5-bob. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida davlat hisobi, elektr
energiyasining tariflari
18-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari resurslarining davlat hisobi
Maxsus vakolatli davlat organi aholining va birinchi navbatda markazlashtirilgan energiya
ta’minoti tizimlaridan uzoqda joylashgan hududlarning energetikaga oid hamda ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarini hal etish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidagi qayta tiklanuvchi energiya
manbalari resurslarining davlat hisobini amalga oshiradi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari resurslarining davlat hisobini yuritish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
19-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan
energiyaning va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining davlat hisobi
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiyaning va qayta
tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining davlat hisobi maxsus vakolatli davlat organi
tomonidan yuritiladi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadigan
energiyaning butun hajmi hisobga olinishi shart.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiyaning va qayta
tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining davlat hisobi quyidagi maqsadlarda amalga
oshiriladi:
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadigan
energiyaning hisobi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining soni aniqligini,
to‘g‘riligini ta’minlash;
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining energetik salohiyatini va ulardan foydalanish
samaradorligini baholash;
manfaatdor shaxslarni qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish istiqbollari
to‘g‘risida xabardor qilish va investitsiyalarni jalb etish.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiyaning va qayta
tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining davlat hisobi qayta tiklanuvchi energiya
manbalarining qurilmalarini joylashtirishning aniq va ehtimol tutilgan maydonchalari to‘g‘risidagi,
shuningdek
qayta
tiklanuvchi
energiya
manbalaridan
energiya
ishlab
chiqaruvchilar,
foydalaniladigan qayta tiklanuvchi energiya manbalari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari
qurilmalarining quvvati haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |