Yakuniy iste’molchilar uchun elektr energiyasiga doir tariflarni
shakllantirishda barcha
ishlab chiqarish manbalaridan, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan elektr
energiyasini xarid qilish bo‘yicha barcha xarajatlar hisobga olinadi.
6-bob. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida texnik jihatdan
tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va ushbu sohadagi talablar
21-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida texnik
jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va muvofiqlikni baholash
Oldingi
tahrirga qarang.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida
texnik jihatdan tartibga
solish, standartlashtirish va muvofiqlikni baholash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.
(21-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
“Texnik jihatdan tartibga solish sohasida”gi
Qonuni
.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan
energiya va ishlab
chiqariladigan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalari sertifikatlashtirilishi lozim,
bundan shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan shunday energiya va qurilmalar mustasno.
22-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi talablar
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi
faoliyat ushbu sohadagi
texnik reglamentlar,
normalar va qoidalarga, ekologik,
sanitariya, shaharsozlik normalari va
qoidalariga, ishlarni xavfsiz yuritish talablariga rioya etgan holda amalga oshirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: