Diktant Millatimning g‘ururisan, ona tilim
Download 16.26 Kb.
|
Diktant
- Bu sahifa navigatsiya:
- (200 ta so‘z) ( Internetdan )
Diktant Millatimning g‘ururisan, ona tilim Til - ko‘ngilning oltin kaliti, nutq vositasi bo‘libgina qolmay davlatning timsoli va mulkidir. Til - millat ruhi. U xalqning madaniyati, urf-odati, turmush tarzi, tarixidir. Tilni rivojlantirish millat taraqqiyoti demakdir. Shuni aytish kerakki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi ham mustaqilligimiz va yuksalishimiz yo‘lida muhim qadam edi. Til – millat yuzining bir bo‘lagi. Dunyodagi barcha xalqlar ham o‘zining davlat tiliga ega emas. G‘urursiz millat o‘z qiyofasini yo‘qotadi, aksincha, milliy iftixor yuksak yurtda xalq tinch va hamjihat yashaydi. Hozirgi kunda dunyo olimlarining hisob-kitoblariga ko‘ra dunyoda ikki yarim mingtadan besh mingtagacha, ayrim manbalarga ko‘ra esa besh mingtadan yetti mingtagacha tillar borligi ma’lum. Bu tillarning ayrimlarida bir necha o‘n, hatto yuz millionlab kishilar gaplashsa, ba’zilaridan bir necha ming kishigina foydalanadi, xolos. Jahonda keng tarqalgan yigirmaga yaqin til oilalari mavjud bo‘lib, bizning o‘zbek tilimiz Oltoy tillar oilasiga kiruvchi Qarluq guruhidan mustahkam joy egallagan. Qolaversa, o‘zbek tili qadimiy hisoblangan turkiy tillardan biri hisoblanadi. Ota-ona o‘z farzandiga yaxshi xulq, yaxshi tarbiya berishdan ortiq ma’naviy meros qoldira olmagani kabi ajdodlar ham avlodlariga shu yurtga xos bo‘lgan yaratuvchanlik, tafakkur mahsuli bo‘lmish bebaho moddiy va madaniy yodgorliklar hamda tarbiyalovchi, ilm-u ma’rifat yog‘dulari ila yo‘g‘rilgan asarlar va eng muhimi, ona tilidan bo‘lak buyuk meros qoldira olmasa kerak. (200 ta so‘z) ( Internetdan ) Download 16.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling