Diktant va insho, ularning turlari


Download 32.34 Kb.
bet1/12
Sana03.12.2023
Hajmi32.34 Kb.
#1797581
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Diktant va insho, ularning turlari-fayllar.org (1)


Diktant va insho, ularning turlari

DIKTANT VA INSHO, ULARNING TURLARI

Reja: 1.DIKTANT VA UNING TURLARI. a)Diktant xatolari ustida ishlash. b)Diktantni baholash. 2.INSHO VA UNING TURLARI. a) adabiy mavudagi insho; b) adabiy-ijodiy insho; V) ijodiy (erkin) insho.

Diktant lotincha ,,dicto“ so‘zidan olingan

“aytib bermoq“


“aytib turmoq“
“so‘zlamoq, gapirmoq“

Til ta’limida o‘quvchilarning imlo savodxonligini oshirishda diktantning o‘rni juda muhim. O‘quvchilar diktant yozish jarayonida fonetika, leksikologiya, so‘z yasalishi, morfologiya va sintaksisga oid bilimlarni xotiraga keltirib, amalda qo‘llaydilar. Bundan tashqari, ular yo‘l qo‘ygan xatolar va ularni bartaraf etish uchun o‘qituvchiga ham yordam beradi. O‘quvchilarning mavzularni qay darajada o‘zlashtirganligini aniqlashda ham diktantning roli beqiyosdir.

Diktant dastlab shartli ravishda ikkiga bo‘linadi:

Diktant


    • 2.Nazorat diktanti

Diktant

TA’LIMIY DIKTANTLAR. Ta’limiy diktantlar biror imlo (orfografiya)qoidasi bilan bog‘liq bo‘lgan fonetik, so‘z yasalishi va morfologik mavzuni mustahkamlash, o‘quvchini ongiga singdirish va uni yozuvda qo’llay olishga o‘rgatish uchun xizmat qiladi. Ular sinfda o‘qituvchi va o‘quvchilarning faol ishtirokida o‘tkaziladi. Bunda avvalo mustahkamlash ko‘zda tutilgan orfogramma (masalan, x va h harflarining yozilishi) o‘quvchilarga eslatiladi, shu harflar ishtirokida so‘zlar ko‘rsatiladi, talaffuzi harf bilan qiyoslanadi, farqi aniqlanadi. O‘quvchilar bunday so‘zlarni xato yozmasliklariga o‘qituvchi ishonch hosil qilsa, u so‘zlarni yozishga da’vat etadi.

Ayrim hollarda diktant yozish davomida imlosi qiyin bo‘lgan so‘zlarning yozilishini o‘qituvchidan so‘rab olib, so‘ng yozish, yozib bo‘lgandan so‘ng bu so‘zning imlosini o‘qituvchidan aniqlab olish va o‘z xatosini tuzatish huquqi beriladi. Imlo malakalarini mustahkamlashda, til sezgirligini oshirishda, o‘quvchining xotirasini yaxshilashda bu usul foydali.

Ta’limiy diktantlat darsda turli maqsadda o‘tkaziladi. Masalan, yangi mavzu o‘tilgach, diktant yozdirish mumkin. Bunda o‘qituvchi imlosi tanish bo‘lmagan so‘zlarning yozilishini xattaxtada ko‘rsatishi, og‘zaki izohlab berishi yoki ayrim o‘quvchilardan o‘tilgan yangi mavzuni va u bilan bog‘liq imlo qoidasini qanday tushunganligini so‘rab (bu orqali o‘quvchilarga berilgan bilim eslatilib), so‘ng yozdiriladi.


Download 32.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling