Ko‘zlangan maqsadga ko‘ra ta’limiy diktantlar uch turga bo‘linadi:
diktant
diktant
nazariy bilimlarni mustahkamlaydigan ta’limiy diktantlar;
diktant
nutqni o‘stirish xarakteridagi ta’limiy diktantlar.
Orfografik xarakterdagi ta’limiy diktantlarda o‘qituvchining talabi bilan o‘quvchilar darsning faol ishtirokchisiga aylanadi. Darsdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning faollik bilan fikrlashlari, matndagi so‘zlar imlosiga mustaqil yondoshishlari asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning izoh, fikr-mulohazalarini kuzatib boradi, ozgiuna xatolik sezsa, shu vaqtning o‘zida tuzatadi. Bunday diktantning quyidagi turlari orqali yozma savodxonlik ustida ish olib boriladi:
Ta’kidiy diktant
Saylanma diktant
Ijodiy diktant
Yoddan yozuv
Erkin diktant
Izohli diktant
Lug‘at diktant
Ta’kidiy diktant. Bu diktant turi o‘quvchilarni yozuvda so‘zlarni xato yozishdan saqlaydi, imlo qoidalarini ongli o‘zlashtirishda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bunda eshituv organi orqali qabul qilingan taassurotlar bilan birga, so‘z tarkibini, grammatika va imlo qoidalarini, shuningdek, to‘g‘ri talaffuz me’yorlarini yaxshi bilish ham talab etiladi. Ta’kidiy diktantda matnni aytib turishdan oldin u yoki bu imlo qoidasi izohlanadi. Masalan, og‘zaki nutqda otlarda –lar qo‘shimchasidagi r ko‘pincha so‘z oxirida tushib qolishga moyil. Shuningdek, l undoshi yoki -la qo‘shimchasi bilan tugagan fe’l o‘zak-negiziga -ar, -r qo‘shimchalari qo‘shilganda yoki ko‘plik qo‘shimchasi –lar dan so‘ng unli harf kelganda r undoshi hamisha aniq talaffuz qilinishini qiyoslash orqali ko‘plikqo‘shimchasi imlosini puxta (ya’ni har ikki holatda ham r yozilishini) o‘zlashtirib olishlari ta’kidlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |