Diktant va insho, ularning turlari


Download 339.72 Kb.
bet3/12
Sana19.06.2023
Hajmi339.72 Kb.
#1606311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-маъруза слайди

1. Otam – o‘qituvchilar. Ular maktabda ishlaydilar. 2. Bolalar jalada qolib rosa ividilar. Bolalarning quloqlari tagida vizillab hushtak chalar, yuz-burunlarini muzdek tili bilan yalardu.(F.M.) Ta’kidiy diktantni og‘zaki o‘tkazish ham mumkin. O‘qituvchi jumlalarni adabiy talaffuz me’yorlariga rioya qilgan holda sekin o‘qiydi, o‘quvchilar imlosi mustahkamlanayotgan qoidaga mos so‘z yoki so‘z birikmalarini ajratadilar, ularning imlosi izohlanadi.

IZOHLI DIKTANT. Diktantning bu turida ham imlosi qiyin so‘zlarning orfografiyasini eslatish va ta’kidlash orqali yozdirish o‘rinli bo‘ladi. Izohlanayotgan so‘z diktant yozilgandan so‘ng izohlanadi. Bunda so‘zning imlosi oldindan eslatilmaydi, matndagi so‘zlarni o‘quvchilar o‘z bilganlaricha yozadilar. Matndagi imlosi puxta o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan so‘zlarni qanday yozayotganliklarini o‘qituvchi o‘quvchilardan diktant yozdirib bo‘lingach, birmabir so‘raydi, yo‘l qo‘yilgan xatolarni xattaxtada ko‘rsatish, og‘zaki izohlash yoki ayrim faol o‘quvchilarni so‘zlatish orqali tuzatiladi.

Demak, izohli diktant o‘quvchilardagi imloga oid ko‘nikmalarning qay darajada ekanligini aniqlashga imkon beradi. Shu jihatdan izohli diktant ta’kidiy diktantga nisbatanancha murakkab bo‘ladi.

Izohli diktant orqali o‘quvchilar bilimi ikki tomonlama aniqlanadi:


1. O‘quvchilarning diktant yozishdagi savodxonligi o‘rganiladi. Bunda o‘rganilgan imlo va grammatik qoidalarni qay darajada qo‘llayotganliklari bilinadi.
2. O‘quvchilar bilimiga doir nazariy kamchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zlashtirish darajasi aniqlanadi.

O‘quvchilar bilim darajasini aniqlashdagi bu har ikkala imkoniyat kelgusi ishlarni rejalashtirishda va xatolarni tuzatishda o‘qituvchiga qo‘l keladi. Izohli diktant o‘quvchilarni xatosiz yozishga o‘rgatadi. Bu diktant turini 3-4 sinfda tez-tez o‘tkazib turish foydalidir.

LUG‘AT DIKTANT. Bu diktant turini o‘tkazish orqali o‘quvchilar so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga odatlanadilar, o‘rganilgan imlo qoidasi o‘quvchilar tomonidan qanday o‘zlashtirilayotganligi darajasi aniqlanadi. O‘quvchilarning lug‘atlardan foydalanishlarida alifbo tartibini bilishlarining ahamiyati katta. Lug‘at diktanti yozish uchun: 2 – sinfda 8 so‘z, 3 – sinfda 10-12 so‘z, 4 – sinfda 12-15 so‘z bo‘lishi mumkin.


Download 339.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling