Ijodiy diktant . Ijodiy diktant o‘rganilgan qoidalarni o‘zlashtirish va yozuvda o‘rinli qo‘llash malakalarini mustahkamlash bilan birga o‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqining rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi, ularda ijodkorlik kabi zaruriy malakalrni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Diktantning bu turidan 1-4 – sinflarda keng foydalaniladi. Bunin Buning uchun quyidagicha tayyorgarlik ishlari olib boriladi:
1. Berilgan so‘zlardagi tushirib qoldirilgan tovushlarni aytish va shu tovushni ifodalovchi harfni tanlab so‘zni yozish: Masalan, m.na (mana), bo.o (bobo)
3. Berilgan so‘zlardan gap tuzish va uni o‘qituvchi ko‘rsatmasi bilan yozish: Erta, bu, keldi, yil, bahor (Bu yil bahor erta keldi.)
4. Berilgan savollarga mustaqil javob topish va uni yozish: O‘quvchi nima qiladi?(O‘quvchi o‘qiydi, yozadi va dam oladi.)
Brilgan gapdagi nuqtalar o‘rniga gapning mazmuniga mos so‘z topib aytish va yozish: O‘quv qurollarini … (yaxshi) saqlayman.
Tekshirish diktanti dasturning biror bo‘limi o‘rganilib, xilma-xil ta’limiy mashqlar bilan mustahkamlangach, ular o‘quvchilar tomonidan qay darajada o‘zlashtirilganligini sinash maqsadida o‘tkaziladi. Matn sinf o‘quvchilarining saviyasiga mos, sintaktik tuzilishi me’yorlashgan, o‘rganilgan imlo qoidalari asosidagi so‘zlar va tinish belgilari ko‘poq bo‘lishi lozim. Unda o‘rganilmagan qoida asosida yoziladigan va imlosi qiyin so‘zlar bo‘lmasligi kerak. Ba’zan diktant uchun terma gaplardan ham foydalanish mumkin. O‘quvchilarga diktantni yozdirgandan so‘ng uni tekshirish, baholash va navbatdagi yozuv darsida uni tahlil qilish muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Chunki o‘quvchilar diktantni yozganlaridan keyin yo‘l qo‘ygan kamchiliklari va olgan baholarini bilishga qiziqadilar. Tekshirilgan diktantni belgilangan vaqtda tahlil qilish bilan o‘quvchilarning ana shu istaklari qondiriladi. Bundan tashqari diktantda yo‘l qo‘ygan xatolarini takrorlashning oldini oladi. O‘quvchilarning barcha turdagi yozma ishlarini tekshirishda imlo va tinish belgilaridagi xatolar bilan bir qatorda husnixatiga ham e’tibor beriladi.
1-2 – sinflarda o‘quvchi xato yozgan so‘zni chizib, to‘g‘risini ustiga yozib ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |