O’qituvchi mavzuga mos bo’lmagan insholarning kamchiliklarini xatolar ustida ishlash mashg’ulotida ko’rsatib beradi. Ayrim o’quvchilar erkin mavzudagi insholarni yozishda reja tuzish shart yo shart emasligini qayta-qayta so’rashadi. Ularga bunday inshoga reja tuzish murakkabroq bo’lgani sababli inshoni rejasiz yozish qulay tuyuladi. Biz bu tushunchaning noto’g’ri ekanligini, rejasiz yozilgan inshoda fikrni izchil bayon etish mumkin emasligini anglatishimiz, erkin mavzuga reja tuzish yo’llari bilan o’quvchilarni tanishtirishimiz lozim. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, deyarli o’quvchilarning ko’pchiligi, insho yozganda oddiy reja bilan murakkab rejadagi tinish belgilarini to’g’ri qo’llay olmaydilar.
Reja oddiy bo’lsa, “Reja” so’zidan keyin nuqta (.)
murakkab reja bo’lsa ikki nuqta (:) qo’yiladi.
Shuningdek, murakkab rejada 3ta turoqli qismlar bo’lib, ular:
kirish
asosiy qism
xulosa
Maktab darsliklarida, “Kirish” va “Xulosa” so’zlaridan keyin odatda, nuqta (.) qo’yilsa, “Asosiy qism”dan keyin hamisha ikki nuqta (:) qo’yiladi. Ayonki, kirish va xulosaning bitta bo’limdan tuzilgani sabab, bunday holatda hamisha nuqta (.) qo’yiladi. Shu o’rinda aytish joizki, agar insho rejasi kengaytirilsa, ya’ni “Kirish” va “Xulosa” qismlari ham bittadan ortiq bo’limni o’z ichiga qamrab olsa, bunday holatda bu so’zlardan keyin ikki nuqta (:) qo’yiladi. Qanday rejada insho yozish – bu o’quvchining o’ziga havola. Maktab darsliklarida, “Kirish” va “Xulosa” so’zlaridan keyin odatda, nuqta (.) qo’yilsa, “Asosiy qism”dan keyin hamisha ikki nuqta (:) qo’yiladi. Ayonki, kirish va xulosaning bitta bo’limdan tuzilgani sabab, bunday holatda hamisha nuqta (.) qo’yiladi. Shu o’rinda aytish joizki, agar insho rejasi kengaytirilsa, ya’ni “Kirish” va “Xulosa” qismlari ham bittadan ortiq bo’limni o’z ichiga qamrab olsa, bunday holatda bu so’zlardan keyin ikki nuqta (:) qo’yiladi. Qanday rejada insho yozish – bu o’quvchining o’ziga havola.
Do'stlaringiz bilan baham: |