Boshlang’ich sinflarda ta’limiy diktantning quyidagi
turlarida foydalanish mumkin.
1.Lug’at. 5. Ta’kidiy diktant.
2.Saylanma diktant. 6. Izohli diktant.
3.Ko’rsatuv tdiktanti. 7. Ijodiy diktant.
4.Yoddan yozuv diktanti. 8. Erkin diktant.
Tekshiruv diktanti.
Tekshiruv diktant o’quv dasturining biror bo’limi o’rganilib, xilma-xil ta’limiy mashqlar bilan mustahkamlangach, ular o’quvchilar tomonidan qay darajada o’zlashtirilganini sinash maqsadida o’tkaziladi.
Tekshiriv diktanti uchun sintaktik tuzilishi jihatidan shu sinf o’quvchilari saviyasiga mos, o’rganilgan imlo qoidalari asosida yoziladigan
so`zlar va tinish belgilari ko’proq qo’llanilgan matn tanlanadi. Matnda
o’rganilmagan qoida asosida yoziladigan va imlosi qiyin so’zlar bo’linmasligi
kerak.
Tekshiruv diktant uchun matnlardangina emas, balki o’rganilgan
qoidalarni o’z ichiga olgan alohida terma gaplardan ham foydalanish
mumkin. Lekin har ikki holda ham gaplardagi soz’lar soni DTS talablariga
mos bo’lishiga e’tibor berish lozim.
Tekshiruvchi diktanti uchun tanlangan matnda so’zlar soni DTSga
ko’ra quyidagicha bo’lishi lozim: 1-sinfga savod o’rgatish davridan
so’ng 8-10 so’z, o’quv yili oxirida 15-20 ta so’z, 2-sinf o’quv yilining
birinchi yarmida 10-12 ta so’z, o’quv yili oxirida 30-40 ta so’z, 3-sinf
o’quv yilining birinchi yarimida 14-16 ta so’z, o’quv yili oxirida 50-60
ta so’z, 4-sinf o’quv yilining birinchi yarimi oxirida 30-40 ta so’z,
o’quv yili oxirida 75-80 ta so’z
Do'stlaringiz bilan baham: |