Диктантлар тўплами


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/113
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#218023
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   113
Bog'liq
diktantlar toplami

Nazorat diktant 

Amir Temur 

 

 

Amir  Temur  Shahrisabzga  yaqin  qishloqda  tug`ilgan.  Temur  yoshligidan 



epshil,  dovyurak  bo`lgan.  U  ayniqsa,  otda  yurishni,  uloqni  yaxshi  ko`rgan.  Bobosi 

unga toy olib bergan. Temur toyni yaxshi parvarish qilgan.  

 

Temur  o`rtoqlari bilan  poyga  qilganda  doimo  birinchilikni  olgan.  U  bir  necha 



marta  otdan  yiqilib  tushsa  ham,  baribir  o`zini  mardlarcha  tutgan.  Temur  o`sdi, 

ulg`aydi.  U  yurtga  bosh  bo`ldi,  chiroyli  binolar  qurdirdi,  bog`lar  yaratdi.  El-yurtni 

dushmanlardan  himoya  qildi.  Shuning  uchun  ham  bobomiz  Amir  Temurning  nomi 

mashhur. Yaxshidan nom qoladi.  

 

 

Kim polvon ? 



 

Lotifjon  kuchli  bola  edi.  Kuch  sinashganda  o`tiradigan  kursini  bir  oyog`ida 

turib, bemalol yerdan ko`tara olardi. Kurashda-ku u yengmagan bola yo`q. Ko`pincha 

Husniddin bilan kuch sinashadi.  

 

Bir  kuni  maktab  hovlisida  ikkalasi  yana  kurash  tushishdi.  Bu  gal  Husniddin 



yengdi.  Lotifjonning  g`azabi  qo`zg`ab,  sinfga  kira  solib,  Husniddinga  bir  musht 

tushirdi.  

 

Husniddinning  burni  qonadi,  kiyimlari  bulg`andi.  Bundan  butun  sinf  bolalari 



xafa bo`ldi. O`qituvchi Lotifjonga tanbeh berib shunday dedi:   


15 

 

 



-  Birovni  kurashib  yiqitgan  polvon  emas,  balki  g`azablangan  vaqtida  o`zini 

bosa olgan odam polvondir.  

 


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling