Диктантлар тўплами


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/113
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#218023
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   113
Bog'liq
diktantlar toplami

6-sinflar uchun  

Ta`kidiy diktant  

1-namuna. Matnni o`qing, ajratib ko`rsatilgan so`zlarga e`tibor bering.  

Tinchlik nima? 

 

Ozodaning buvasi: «Sog`-salomat bo`linglar. Doim tinchlik bo`lsin!» - deb duo 

qiladi va nevaralariga shunday deydi: «Urush – bu, dahshat va ofat. U necha 

minglab odamlarni, shahar va qishloqlarni vayron qildi. Minglab bolalar yetim 

bo`lib qoldi. 


16 

 

Tinchlik – bu baxt, bu hayot, eng ezgu niyat. Bolalarim, siz doim inoqdo`st 



bo`lib yashang!».  

Ozoda  va  Aziz  ertasiga  sinfdoshlariga  buvisining  gaplarini  aytib  berishdi. 

Bolalar urush va tinchlik so`zining ma`nosini tushunib oldilar.  

2-namuna.  Otlarni  aniqlab,  shahar  nomlarini  ko`rsatuvchi  otlarni  ko`chirib 

yozing.  



Toshkent,  Samarqand,  Buxoro,  Xiva  shaharlari  juda  qadim  zamonlardan 

dunyoga  mashhur  bo`lgan.  Olis  asrlarda  bu  shaharlar  Xitoydan  Ispaniyagacha, 

Yevropadan Hind okeanigacha aloqa bog`lagan.  

Bu  shaharlar  ulug`vor  me`morchilik  obidalari  bilangina  shuhrat  qozonib 

qolmay,  ayni  paytda  butun  dunyoga  mutafakkir  va  ijodkorlar  yetishgan  joylar  ham 

bo`lgan.  Samarqandni  o`z  davlatining  poytaxti  qilgan  buyuk  Temur  olimlarga, 

shoirlarga va mashshoqlarga homiylik qilish bilan shuhrat qozongan.  

  3-namuna. Xato yozilgan so`zlarni to`g`rilab, matnni ko`chiring. So`zlarning 

imlosini tushuntiring. Matndagi g`oyani tahlil qiling.  

G`azapdan  o`zingni  asra,  chunki  g`azab  tufayli  inson  o`z  ishlarini,  ezgu 

maxsadlarini unitadi.  

Mol-dunyoga  hirs  qo`yma,  oshko`z  bo`lma.  Ezgu  ishni  ko`z-ko`z  qilma. 

Maqtanchoq bo`lma.  

O`z ruhing bilan ziddiyatga tushmaslikning birdan-bir yo`li foydali mehnatdir.  

 

 

 

 

 

(«Ezgu o`y, ezgu so`z, ezgu amal» kitobidan) 

  4-namuna.  Manni  o‟qing  va  ko‟chiring.  Fe‟llarni  topib,  ularni  mayl,  nisbat, 

zamon shakllarini belgilang. 

 ...Alisher o‟rtog‟ining aytganini eshitmadi shekilli: 

-Ov  qilmoq,  merganlik-ermak  narsa,  lekin  eng  zo‟r  zaruriyat  maktabdir. 

Turmushning ko‟p sirlarini maktab o‟rgatadi.  

  Suhbatning  bunday  keskin  o‟zgarganidan  shoshib,  bir  on  jim  qolgan 

bolalarning kattarog‟i: 

-Kim o‟rgatdi senga bu gaplarni?-deb so‟radi Alisherga tik qarab. 

-Bilaman-da, otam hamisha “olim odam xor bo‟lmaydi”,-deydilar. 

                                                                                                (Oybek) 

  5-namuna.  Berilgan joy nomlarining tuzilishi va imlosini tushuntiring. 

Surxondaryo,  Buloqboshi,  To‟rtko‟l,  Qorovulbozor,  Amerika  Qo‟shma 

Shtatlari,    Janubiy  Koreya,  Marjonbuloq,  Jarqo‟rg‟on, Markaziy  Osiyo,  O‟zbekiston 

Respublikasi. 

 



17 

 


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling