Диктантлар тўплами
Tarvuz Men polizni
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
diktantlar toplami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat diktant Ketmas boylik
- (O`. Hoshimov) Adabiyot muzeyi
Tarvuz
Men polizni oralab, Yurgan edim saralab. Bir tarvuz uzib bobom: - Yeb ko`rgin, - dedi, - bolam. Bo`lib ikki pallaga, Yedik uni dalada. Qizilligin so`rasam, - Quyoshning ishi, - dedi. Shirinligin so`rasam: - Mehnatning gashti, - dedi! (S.Rajabova) Nazorat diktant Ketmas boylik Menda bir so`m bor. Sizda ham bir so`m bor. Men sizga o`zimning pulimni berdim. Siz ham menga o`zingizning pulingizni beryapsiz. Hech nima o`zgarmadi. Sizda ham bir so`m qoldi, menda ham …….. …..Menda yangi bir fikr bor. Sizda yangi bir fikr bor. Men sizga yangi fikrimni aytdim. Siz ham menga yangi fikringizni aytdingiz. Sizda ham ikkita fikr paydo bo`ldi, menda ham …. Esli odam pul almashmaydi. Fikr almashadi!
(O`. Hoshimov) Adabiyot muzeyi 1968-yilning kuzida Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi ochildi. Bu muzey xalqimizning buyuk Navoiyga, uning ijodiga bo`lgan muhabbatiga yorqin misoldir. Muzey sahnidagi ko`kalamzor, gulzor bog`da Navoiy haykali o`rnatilgan. U marmar hovuzga qarab turibdi. Hovuz atrofida taniqli ijodkorlarning byustlari qo`yilgan. To`rt qavatli ko`rkam binoga kiriladigan ikki katta eshik g`oyat go`zal ishlangan. Navoiy hamda unga zamondosh shoir va olimlarning ijodiy merosini yoritish uchun muzeyda o`n uchta bo`lim ajratilgan. Muzey xodimlari jahon kutubxonalarida 28
taqdim etish borasida ko`p yaxshi ishlarni amalga oshirmoqdalar. Adabiyot muzeyi boshqa muzeylar kabi doimo tashrifchilar bilan gavjum. Xalqimiz unda jamlangan boy materiallarni qiziqib o`rganadi va ular bilan haqli ravishda faxrlanadi. Chumolilar Chumolilarning turi juda ko`p bo`lib, ular pastliklarda, tog`larda, dalalarda, o`rmonlarda, qirlarda yashaydi. Yer yuzida och sariq, jigarrang, qora, qizil, sariq, olachipor chumolilar uchraydi. Chumolilarning ba`zi turlari o`t, yaproq va don-dun bilan oziqlanadi. Bular qishloq xo`jaligiga ma`lum darajada zarar keltiradi. Ammo chumolilarning ko`pchiligi tabiat uchun foydali. Ular mevali bog`larda, paxtazorlarda, sabzavotlarda, polizlarda zararli hashoratlarga qiron keltiradi. («G`uncha») Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling