7-sinflar uchun
Ta`kidiy diktant
1-namuna. Matnni diqqat bilan o`qing va yozing. Yakka va takror qo`llanilgan
bog`lovchilarni aniqlang.
Odamiylik
Odamning yaxshi yomonligi, axloqli yoki axloqsizligi, madaniyatli yo
madaniyatsizligi, shavkatli yo shavkatsizligi uning muomalasidan bilinadi. Shuning
uchun o`z qadrdonlarining qiymatini bilgan odam eng avval muomala odobining
g`amini yeydi. Chunki inson butun umrini hamda hayot faoliyatini odamlar orasida
o`tkazadi. U goh uyida bo`lsin, goh ish joyida bo`lsin, odamlarga to`qnashmay iloji
yo`q. Shuning uchun u o`zini jamiyatga mos tutishga, ya`ni odamlarni hurmat
qilishga, o`zi ham ulardan hurmat ko’rishga intilishi kerak. Bu esa har bir kishidan
odamshavandalikni talab qiladi.
(M.Ismoiliy)
2-namuna. Matnni ko`chiring. Fe`l mayllarini aniqlang.
So`zlar hayoti murakkab, ularga sehr yashiringan so`zlar ham o`z xalqi bilan
birga umr kechiradi, xalq quvonsa, quvonadi, kuyinsa, kuyinadi.
Kishilar o`zgalarni o`ylab buloqlarning bekilgan ko`zlarini ochadilar,
avlodlari uchun daraxtlar ekadilar. Bundan keyingi avlod buloq suvidan daraxt
mevalaridan bahramand bo`ladi. Ota-bobolarimiz qoldirgan so`zlar ana shu
buloqlar va daraxtlardir.
So`zlar biz uchun asrlar sadosi, uzoq o`tmish bilan hamnafaslik hissini
uyg`otuvchi mangu chaqiriq, zamonlararo ko`prikdir.
(B.To`ychiboev)
Do'stlaringiz bilan baham: |