Диктантлар тўплами


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/113
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#218023
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   113
Bog'liq
diktantlar toplami

 

Saylanma diktant 

1-namuna.  Matnni  ko`chiring.  Undagi  qaratqich  va  tushum  kelishigini 

aniqlang.  



Non 

Nonni  ona  sutiga  tenglashtiradilar.  Inson  bolasiga  dunyoda  mana  shu  ikki 

buyuk  ne`matdan  qimmatli  narsa  yo`q.  Chunki  vaqti  kelib  ona  bolasini  sutdan 

ayiradi. Endi bola umrining oxirigacha ona suti o`rniga non tanovul qiladi. Non ona 

sutining davomchisidir.  

Non  qachon  paydo  bo`lgan?  Olimlarning  taxminicha,  nonning  paydo 

bo`lganiga 15 ming yildan oshgan.  

Qadimgi  Misrda  birinchi  marta  oshirilgan  xamirdan  foydalanish  odat  tusiga 

kirdi. Non yopish san`ati keyinroq greklarga va rimliklarga o`tgan. Qadimgi Rimda 

yumshoq  bug`doy  non  nihoyatda  totli  hisoblangan.  Bu  yerda  novvoylar  nonning 

ko`plab navlarini kishilarga tortiq etganlar. Non inson mehnatining mahsulidir.  

Buvi-buvalarimiz bizn:i «Nondek aziz bo`l!» - deb duo qiladilar.  

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

(«Taqvim» dan) 


34 

 

2-namuna.  Matnni  o`qing.  Undagi  juft  otlarni  aniqlang,  o`zingiz  ham 

matndagi otlardan juft otlar yasang.  

Buyuk bir donishmand odomzotning nopok istaklari va tuban ehtiroslarini bir 

uyga  qamab  qo`yilgan  uch  maxluq:  odam,  to`ng`iz  va  arslonga  o`xshatgan  ekan.  U 

odam  deganda  aql-idrokni,  to`ng`iz  deganda  insonning  chirkin  istaklarini,  arslon 

deganda  esa  qahr-u  g`azabini  nazarda  tutibdi.  Bu  uch  maxluqning  qaysi  biri  zo`r 

chiqsa, qamaldan uyda o`sha ustunlik qilar emish.  

Bu  qissadan  hissa  shuki,  to`ng`iz  bilan  sher,  ya`ni tuban  ehtiroslar  qanchalik 

zo`r bo`lmasin, aql-idrok, baribir, yengusidir.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

(O.Yoqubov)  

3-namuna.  Nuqtalar  o`rniga  kelishik  yoki  egalik  qo`shimchalarining  mosini 

qo`yib, she`rni o`qing va ko`chiring.  



 


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling