Диктантлар тўплами


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/113
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#218023
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   113
Bog'liq
diktantlar toplami

3-namuna.  Matnni  o`qing.  Fe`llarning  yasalishiga  diqqat  qiling  va  ularni 

izohlang.  



Mirza  Bobur  yoshligidanoq  ziyrak  bola  bo`lib  o`sibdi.  Kunlardan  bir  kuni 

Umarshayx saroy a’yonlari bilan qasrda o`ltigan ekan, bir kabutar uchib kelib ayvon 

peshtoqiga  qo`nibdi-da,  «g`ulu-g`ulu»  qilaveribdi.  Umarshayx  a’yonlaridan 

«Kabutar ne deydur» deb so`rab qolibdi. Anchadan buyon urush ko`rmay qilichlari 

qonsirab qolgan a’yonlar: «Oliy hazrat, kabutar qilichlarni qindan sug`urmoq kerak 

deydur?», - deb javob berishibdi.  

Gapga  aralashmay  bir  chekkada  jim  o`ltirgan  Mirzo  Babur:  «Yo`q,  kabutar 

unday  demaydur.  Bobo  qovun  sayliga  chaqiribdur.  Jonivor  shu  xushxabarni 

keltiribdur»,  -  debdi.  Umarshayx  kabutarni  tutib  keltirishini  buyuribdi.  Kabutarni 

tutib  kelib,  oyog`idagi  mis  xalqani  olib  qarashsa,  ichidan  bir  xat  chiqibdi.  Xatda: 

«Oliy  hazrat,  qovun  ayni  pishdi.  Kelib  qo’l  urib  bersalar»,  -  deb  yozilgan  emish. 

Mirzo  Boburning  gapi  to`g`ri  chiqqandan  hayratga  tushgan  Umarshayx  o`g`lidan: 

«Mirzoning bunchalik bilag`on va topqirligiga bois nedur?» - deb so’rabdi. «Ota», - 

debdi  Bobur.  –  Bu  kabutarga  e`tibor  qilmadingiz.  O`tgan  yili  ham  qovun  sayli 

xushxabarini  xuddi  mana  shu  jonuvor  xabar  qilg`on  erdi,  kaminaning  ko`zi 

kabutarning  o`ng  qanotidagi  qora  xolga  tushgan  zahoti  ani  tanidim  va  shu  so`zni 

taxmin etdim», - deb javob beribdi.  

Yosh Mirzoning hushyorligi, topqirligiga qoyil qolgan Umarshayx a’yonlariga 

qarab:  «qilichni  emas,  aql-idrokni  ishga  solmoq  lozimdir.  Xabar  qilinglar,  barcha 

qovun sayliga otlansin» - deb buyuribdi.  

(«Allomalar ibrati» kitobidan)             

 

4-namuna.  Qavs  ichida  berilgan yordamchi  so‟zlardan  mosini  qo‟yib,  matnni 

ko‟chiring. Yordamchi so‟zlarga izoh bering.  



32 

 

Millatning  kelajagi  bugundan  boshlanadi.  O‟zligini  anglamagan,  manqurtlik 



(beri,  tomon,  ko‟ra)  ketayotgan  odamlar  bilan  yangi  jamiyatni  qurib  bo‟lmaydi. 

Ma‟naviyati  yuksak  insonlar  (nahotki,  nafaqat,  agar)  o‟z  davri  rivojiga,  (-ki,  balik, 

shuning  uchun)  millat  kelajagi  (hamda,  yoki,  yohud)  ravnaqiga  ham  munosib  hissa 

qo‟shadi.  

Ma‟nan  boy,  ruhan  komil  insonlargina  ozod  (bilan,  ham,  va)  obod  Vatanni 

qurishga qodirdirlar. 

                                                                                       (Y. Do‟stmatova)  

5-namuna.  Matnni  o`qing.  Ajratilgan  so‟z  birikmalarida  aniqlovchi  va 

to‟ldiruvcining belgili yoki belgisiz shakllarida kelganligini izohlang. 




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling