Диктантлар тўплами
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
diktantlar toplami
3-namuna. Berilgan she`riy parchani o`qing. Ajratilgan so`zlarning tarkibini aniqlang. Sherdan olgan taassurotingizni erkin bayon qilib yozing. O`zbekiston Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda. Chappar urib gullagan bog`in, O`par edim Vatan tuprog`in. Odamlardan tinglab hikoya, O`sar edi shoirda g`oya. Daryolardan kuylab o`tardim, Ertaklarga quloq tutardim. Hammasini tinglardim, ammo, O`xshashini topmasdim aslo. (H.Olimjon) 4-namuna. Matnni o`qing. Uyushiq bo`laklarni aniqlang. Uyushiq bo`laklarni qatnashtirib o`zingiz ham matnni davom ettiring. O`tmishda yosh avlodning jismoniy baquvvat, epchil, chaqqon, jasur, qo`rqmas, dovyurak va matonatli bo`lishi yo`lida qiziqarli o`yinlar kashf etilgan. Xususan, sayil tomoshalarda qoyaga arqon tashlab chiqish va tushish, xodaga chiqib, tuhfani olish, otda va piyoda uloq, yer olish, dehqon-dehqon, tovontepar, kurash, arqon tortish, qo`lda kuch sinash, to`nka yurish, tosh ko`tarish, chillak o`ynash, zuv-zuv, ovush-ovush, (xokkeyning bir turi) chavgon, eshakmindi, eshakquloq, eshakchopdi va hokazolar. Shuningdek, milliy raqslar: yigitlar o`yini, beshqarsak, cho`pon o`yini, yelka urishtirish, nog`ora o`yini, lagan o`yini … Bunday o`yin-raqslar yoshlar tarbiyasida muhim hisoblangan. Bundan tashqari, adabiyot, san`at, musiqa va kuy bilan bog`liq «Qissaxonlik», «Qiroatxonlik», «Bahru bayt», «Navoiyxonlik», «Yassaviyxonlik», «Maddohlik» kabi an`analar ham rasm bo`lgan. («O`zbekiston ovozi») 5-namuna. Matnni qunt bilan o`qing. Uyushiq bo`laklarini aniqlab, ularning sanash ohanggi bilan o`qilishiga rioya qiling. O`zingiz ham Navro`z haqida erkin bayon yozing.
52
anvoyi ko`katlardan taomlar, qandolatchilar pechakqand, holva, pashtak, novvot, xo`rozqand, burama qand, kashtachi-yu chevarlar bahor kashtalari, palak- choyshablari, navro`z do`ppilari, ko`ylak liboslari, to`nlari, kamzullari, shuningdek boshqa kasb-hunar kishilari ham navro`zga tayyorgarlik ko`rganlar. («O`zbekiston ovozi») Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling