Диктантлар тўплами
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
diktantlar toplami
Erkin diktant
1-namuna. Quyidagi matnni qunt bilan o`qing. O`zingiz ham tasdiq, inkor, istak gaplar yoki modal so`zlar va undalmalarni qatnashtirib voqeiy hikoya tuzing. Ikki do`st uchrashib qolishdi. Ulardan biri dedi: - Do`stim, bir yaxshi hikoya o`qidim, sen ham tingla. - Gapir, o`rtoq. - To`rt kishi Afrika bo`ylab sayohatga chiqishdi, deb gap boshladi haligi do`sti. – Yo`lda ularning oziq-ovqatlari tugab qoldi, ikki kun hech narsa yemadilar. Nihoyat, bir qarovsiz kulbaga yetib kelishdi. Shunda sayohatchilardan biri: - Men chiqib birorta hayvonni otib kelaman, - dedi-da, kulbadan chiqib ketdi. Bir oz yurganidan so`ng u to`satdan bahaybat bir sherga duch kelib qoldi. Sher ham och ekan, sayohatchining orqasidan quvlab ketdi. Sayohatchi qo`rqqanidan kulbaga tomon qochdi. Kulbaga endi yetib kelganida qoqilib, yiqilib tushdi. Quvlab kelayotgan sher … . - Ha, u yog`i nima bo`ldi? - U yog`ini bilsam aytib berardim, biroq kitobning keyingi sahifasi yo`q, yirtilgan. - Qaysi nodon kitobni yirtibdi? – deb yubordi do`sti achchiqlanib. Shunday qilib, ikki do`st shirin ovqatga to`ymagandek nochor qolaverdilar. Varag`i yirtilgan kitob-mayib kitob, qanotsiz qush. («Donolar xazinasi») 2-namuna. Gaplarni ko`chiring. Sodda va qo`shma fe`llarni ajrating. Matnga o`z munosabatingizni erkin turda bayon qiling. Kunlardan bir kuni Durroj: «Men tuzoqqa tushdim! – deb sherni aldadi. Sher uning aldaganini ko`rib: «Meni aldamagil, yolg`onchidan el nafratlanadi», - desa ham, Durroj quloq solmas, yolg`onchilikni, aldashni qo`ymas edi. Bir kuni Durroj tuzoqqa ilindi va: «Meni tutib oldilar! – deb qattiq qichqirdi. Sher «Bu gal ham Durroj meni aldayapti», - deb qutqarishga bormadi. (Alisher Navoiy) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling