Дилафруз Файзуллаева
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro‘yxati
Download 456 Kb.
|
Qo‘lyozma-huquqida-udk-äèëàôðóç-Ôàéçóëëàåâà
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro‘yxati---------------------------88-94 KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Milliy mustaqillikni qo‗lga kiritgan O‗zbekiston Respublikamiz porloq istiqbol sari bosqichma-bosqich qadam tashlamoqda. Bu odimlar xayrli bo‗lishi bilan birga juda mas‘uliyatli va mashaqqatlidir. Shu mashaqqatli yo‗lda xalqimiz ma‘naviy qadriyatlarimizga, xususan, o‗lkamiz tarixiga qiziqish, uni bilish, o‗tmishini to‗g‗ri tushunish, mustaqilligimizni qadriga etishga, kelajagi porloq mamlakatimizni to‗g‗ri yo‗lini belgilab olishga yordam beradi. Milliy madaniyat, milliy g‗oya, mustaqillikka erishgan xalqning o‗ziga xos ma‘naviyatini yuksaltirish, tarixga munosabatni o‗zgartirish talablari asosida tiklash kabilarni taqazo etadi. O‗zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning ―Bugun bizning oldimizda shunday tarixiy imkoniyat paydo bo‗ldiki, biz bosib o‗tgan yulimizni tanqidiy baholash, milliy davlatchiligimiz negizlarini aniqlab, buyuk madaniyatimiz tomirlarini, qadimiy merosimiz, ildizlariga qaytib, o‗tmishimizdagi boy an‘analarini yangi jamiyat qurilishiga tadbiq etmog‗imiz kerak1‖, — degan so‗zlari fikrimizning yorqin isbotidir. Mana necha yildirki Chorizm Turkistonni zabt etgach o‗lkani o‗zining mustamlakasiga, metropoliyaning xom-ashyo qo‗nog‗iga aylantirilgan edi. Bu esa Turkiston jamiyatining butun turmushini ag‗dar-to‗ntar qilib yubordi, undagi xalqlarning milliy qadriyatlari, urf-odatlari, an‘analari, eng qadimgi davrlardan mustaqillikkacha bo‗lgan tariximiz soxtalashtirib, jamiyatning tabaqalashuvi kuchaydi. O‗zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlaganlaridek: ―O‗zbekistonning o‗zbek xalqining bugun keng ommaga etkazishga arziydigan haqqoniy tarixi yaratildimi yo‗qmi? Tarixdan judo bo‗lish nimaligini yaxshi bilsangiz kerak. Inson uchun tarixdan judo bulish hayotdan judo bo‗lish demakdir‖2, — degan so‗zni ko‗p uqtirganlar. Zeroki, bu fikrlardan biz o‗z o‗tmishimizni juda yaxshi bilmog‗imiz, tariximizni qadriga etmog‗imiz lozim. Biz yoshlar uchun tarixni bilish, oldimizda turgan vazifalarni bajarishda ―eski xatolarga yo‗l qo‗ymaymiz degan‖ — umid bilan yashamog‗imiz kerak bo‗ladi. Shularni hisobga olgan holda o‗z Vatanimiz tarixini to‗la-to‗kis tushungan holda uning o‗zi qanday bo‗lsa, huddi mana shunday holda kelajak avlodga yetkazish asosiy maqsadimizdir. Hozirgi kun nuqta‘i-nazardan tarixiy voqea hodisalarni soxtalashtirishga yo‗l qo‗yib bo‗lmaydi. Uni oldini olmog‗imiz lozim. Tarixni aqidalar asosida talqin qilishdan voz kechish payti keldi. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida hukmronlik qilgan Chorizm davrida zo‗rovonlikka asoslangan ma‘muriy buyruqbozlik tizimi totalitar markaz o‗z qo‗lidagi cheksiz hokimiyatni ishga solib respublikalarning mustaqilligini, fuqarolarning eng oddiy haq-huquqlarini ham kamsitish, ularni xo‗rlash qul qilishdan iborat edi. Bizning kelajagi porloq buyuk davlatimiz O‗zbekiston o‗zining, o‗z yo‗lini to‗g‗ri tanlagan holda bu mustamlaka siyosatidan voz kechgan holda, tarixni manbalar asosida to‗g‗ri yoritishni yurtboshimiz o‗zlarining har bir chiqishlarida takror aytib o‗tgan edilar. Biz yoshlar o‗z oldimizga o‗z tariximizni o‗rganish bilan birga kelajakka yorug‗ ko‗z bilan qarashni maqsad qilib qo‗ymog‗imiz darkor. Bu esa bizning oldimizda kelajagimizni to‗g‗ri o‗rganish uchun o‗tmishimizni to‗g‗ri idrok etishimizni talab etadi. Biz yoshlar har doim o‗z o‗tmishimizning o‗rganish bilan tarixiy haqiqatni ro‗y-rost ko‗rsatishimiz, uning qandayligini gavdalantirishdek ezgu va oliyjanob maqsadlarni ko‗rsatmog‗imiz biz tarixchilarning oldida turgan eng buyuk burch va vazifamizdir. Download 456 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling