Дилафруз Файзуллаева
Download 456 Kb.
|
Qo‘lyozma-huquqida-udk-äèëàôðóç-Ôàéçóëëàåâà
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy yangiliklar.
- Tadqiqotning amaliy ahamiyati.
Tadqiqotning maqsadi: Ilmiy tadqiqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad Turkiston o‗lkasida davlat muassasalari tarixini (XIX asr oxiri-XX asr boshlari) ilmiy tadqiqotlar asosida yoritib berishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
Tadqiqotning vazifalari: Turkiston general-gubernatorligining ma‘muriy idoralarida Turkiston o‗lkasining siyosiy ma‘muriy markazi bo‗lmish Toshkent shaharning o‗ziga xos xususiyatlari; Chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan Turkistonda generalqgubernatorlik idoralarining ish uslubida sud mahkamalari tizimining o‗rni: Toshkent shahrida yangicha sud mahkama idora tizimining tashkil topishi va uning faoliyati; Turkiston o‗lkasi Nazorat palatasining faoliyati Toshkent shahar sudyalarining mahalliy qozilari mahkamasi ustidan nazoratining o‗rnatilishi. Ilmiy yangiliklar. Bu ilmiy ishlarimizning yangilik tomonlari shundan iboratki, bugungi kunda istiqlol davrida o‗zining zamonaviyligi bilan konseptual uslubiy yo‗nalishga ega bo‗lgan huquq va adliya idoralarining ilk tarixini aniqlashda Turkiston general—gubernatorligi ma‘muriy boshqaruv idoralarida sud ishlari tarixi, ya‘ni Toshkent shahari misolida olib o‗rganildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, hozirgacha tarix faniga, jalb etilmagan va kiritilmagan yozma manbalar va xujjatlar dissertatsiyaga asos qilib olindi. Ko‗lyozma asarlar va tarixiy arxiv hujjatlari ma‘lumotlariga tayanib chorizmning mustamlakachilik siyosatiga asoslangan sud tizimi idora usuliga o‗rin ajratildi, hamda Turkiston xalqlariga keltirgan mustamlakachilikning og‗ir oqibatlari ko‗rsatib berildi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Tadqiqotning amaliy axamiyati shundaki, ushbu dissertatsiyaga jalb etilgan hujjat va manabalar Turkistondagi mustamlaka siyosatiga asoslangan sud idora usullarini tadqiq etishda mavjud bo‗lgan noaniqlik va oraliq joylarni to‗ldirish, hamda tariximiz sahifalarini oq dog‘larini aniqlashda yozma manbalarning o‗rni aniqlab berildi. Tadqiqot natijalari universitet, kollej va maktab o‗quvchilarini o‗qitishda foydalanish imkonini beradi. Download 456 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling