Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


asar» tushunchalarini bir-biridan farqlash joiz. Sababki, badiiy


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

asar» tushunchalarini bir-biridan farqlash joiz. Sababki, badiiy 
adabiyotda she’riy yo'lda yozilsa-da lirikaga aloqador bo'lmagan asarlar 
ham mavjud. Shuningdek, lirik asar odatda hajmining kichikligi, vaqt 
hissining «hozir»ligi, asosan monologik nutq shakliga va ko'proq 
konfliktning ichki turiga (boshqa konflikt turlari genetik jihatdan ta’sir 
qilgani uchun asarda juda kam ifodalanadi, ifodalanganda ham bilvosita 
namoyon bo'ladi) egaligi kabi xususiyatlar bilan ajralib turadi.
Lirik turdagi asar ham, tabiiyki, boshqa adabiy turlarga xos 
xususiyatlarni qisman o'ziga singdiradi. Jumladan, lirik asarda voqelikka 
oid tafsilotlar (epik element) juda kam bo'lib, ular kechinmani 
ifodalash, uning omillarini ko'rsatishga yetarli miqdordagina olinadi. 
Ya’ni o'rinda asosiy me’yor — fragment tarzida olingan epik 
elementlaming lirik qahramon holatini tasavvur qilish uchun


yetarliligi. Shuningdek, lirik asarda yana epik asarga xos voqeabandlik, 
dramatik asarga xos dialogik holatlar, o'ziga xos «sahna» yaratish 
hollari ham uchraydi. Biroq har ikki holda ham bu elementlar 
kechinmani tasvirlash va ifodalashga xizmat qiladi, ya’ni lirik asar 
uchun voqeani yoki «sahna»ni tasvirlash maqsad bo'lolmaydi, ular 
vosita xolos.
Lirik turga mansub asarlarni janrlarga ajratishda ham turlicha 
prinsi plar mavjudligini ta’kidlash kerak. Adabiyotshunoslikda ulardan 
ikkitasi — shakl xususiyatlaridan kelib chiqib tasniflash hamda 
mazmun xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tasniflash kengroq 
tarqalgan. Jumladan, o'zbek mumtoz adabiyotiga nazar soladigan 
bo‘lsak, unda she’rlarning ko‘proq shakl xususiyatlaridan kelib 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling