mazmundan kelib chiqish (ishqiy lirika, falsafiy lirika, siyosiy lirika
qabilida ajratish) ham maqbul emas. Boz ustiga, bu holda janr
mohiyatini buzib tushungan bo'lib chiqiladi. Zero, janr ma’lum bir
mazmunni shakllantirish va ifodalashga xizmat qiluvchi shakl hodisasi
ekanligi ayon haqiqatdir.
Ma’lumki, klassik she’riyatimizda faol ishlatilgan ayrim turg'un
janrlar (g'azal, ruboiy, qasida va b.), shuningdek, xorijiy
adabiyotlardan o'zlashgan turg'un she’riy shakllar (sonet, rondo,
tanka, xokku va b.) hozirgi she’riyatda, xususan, o'zbek she’riyatida
ham oz bo'lsa-da qo'llaniladi. Buning ustiga adabiyotshunos faqat
hozirgi adabiyotni o'rganish bilan cheklanmaydi, u, ayniqsa nazariy
masalalami o'rganish va xulosalar chiqarish jarayonida, umuman
jahon adabiyoti materialiga tayanadi. Shunga ko'ra, o'zbek she’riyatida
qo'llanilgan she’riy janrlarni, bizningcha, tubandagicha janr turlariga
ajratish mumkin:
1)
shakl xususiyatlariga ko'ra (bandning tarkiblanishi,
qofiyalanish tartibi va h.k.) ajraluvchi janrlar: g'azal, mustazod,
tuyuq, ruboiy, taijiband, tarkibband, musammatlar.
2) anjumanga mo'ljallangan janrlar: nazira, badiha, muammo,
chiston (lug'z);
3) xorijiy adabiyotlardan o'zlashgan janrlar: sonet, xokku,
tanka, oktava, oq she’r, epigramma va h.;
4) hozirgi she’riyat janrlari: avtopsixologik lirika (uning
ko'rinishlari sifatida meditativ lirika va intellektual lirika), ijroviy lirika,
tavsifiy lirika, voqeaband lirika.
Hoziigi she’riyatda qo'llaniluvchi janrlarni yuqoridagicha turlarga
ajratar ekanmiz, biz ulaming shakl xususiyatlariga, biroq, mumtoz
adabiyotdagidan farqli o'laroq, ichki shakl xususiyatlariga tayanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |