Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


chiqilgan holda janrlarga ajratilishiga guvoh bo'lamiz. Masalan: ruboiy


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

chiqilgan holda janrlarga ajratilishiga guvoh bo'lamiz. Masalan: ruboiy 
o'zining to'rt misradan tashkil topishi, xazaj bahrining axrab va axram 
shajaralarida yozilishi, ko'proq a-a-b-a (kamroq a-a-a-a) tarzida 
qofiyalanishi kabi shakl ko'rsatkichlari asosida ajratiladi; tuyuq o'zining 
to'rt misradan tarkib topishi, ramali musaddasi maqsur vaznida 
yozilishi, ko'proq a-a-b-a, tajnisli qofiyaga ega bo'lishi bilan 
xarakterlanadi; qit’a ikki yoki undan ortiq baytdan tarkib topadi, 
juft misralari o'zaro qofiyalangani holda toq misralari ochiq qoladi, 
vazn va mazmun jihatlaridan cheklanmaydi, - ko'ramizki, bularning 
barida shakl xususiyatlari janmi belgilovchi asos bo'lib xizmat qiladi. 
Bu narsa, ayniqsa, musammatlarda (masnaviy, musallis, murabba’ 
va h.k.), mustazod, tarkibband, taijeband kabi janrlarda yana ham 
yorqinroq ko'rinadi. Bulardan ko'rinadiki, o'zbek mumtoz she’riyatida 
o'zining muayyan shakl belgilariga ega bo'lmish turg'un she’riy janrlar 
yetakchi o'rin tutgan. Shunisi ham borki, badiiy tafakkur 
taraqqiyotining muayyan bosqichida turg'un janr shakllarining 
yetakchi mavqe egallashi umuman jahon adabiyotida kuzatiladigan 
hodisadir. Masalan, yevropa adabiyotidagi sonet, rondo, rondel, 
tersina, oktava kabi shakllar fikrimizni dalillash uchun yetarlidek. 
Biroq badiiy tafakkur rivojining keyingi bosqichlarida jahon 
adabiyotida turg'un shakllarni inkor qilish, she’riyatning qat’iy


ramkalar doirasidan erkinlik tomon intilishi kabi umumiy tendensiya 
kuzatiladi. Buning natijasi o'laroq, lirik asarlarni janrlarga ajratishda 
endilikda shakl xususiyatlaridan, aniqrog'i, tashqi shakldan kelib 
chiqish imkoni yo'q. Shuningdek, lirikani janrlarga ajratishda faqat 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling