emas. Shunga ko‘ra, dramatik asar awalboshdanoq «shartlilik» kasb
etadi. Ya’ni muallif mavjud ijro imkoniyatlaridan foydalanib, ayrim
ishoralar orqali tomoshabin (o‘quvchi) tasawurida ko‘p narsalarni
uyg‘otishi, bevosita sahnada jonlantirilishi mumkin bo‘lgan voqealami
to‘ldirishi zarur bo‘ladi. Masalan, avtor remarkalarida «sahna ortida
otlar dupuri, qilichlar jarangi», «sahna ortidan keskin to'xtagan
mashina ovozi eshitiladi» qabilidagi ishoralar beriladi, ularning
yordamida sahnada jonlanmagan narsani shartli (ya’ni o‘quvchi
tasawuridagina) jonlantirish mumkin bo‘ladi. Shunga o'xshash,
syujetga kiritishning imkoni bo'lmagan voqea haqida personajlar tilidan
muxtasar hikoya qilinishi ham shartlilikning tag‘in bir ko‘rinishidir.
0 ‘z navbatida bu shartlilik personaj nutqiga ham ta’sir qiladi: deylik.
personajlaming har ikkisi ham o‘sha voqeadan xabardor, shunga
qaramay, ulaming «suhbati» o'quvchi (tomoshabin)da tasawur hosil
qilish uchun zarur va shu zaruriyat suhbatni tabiiylikdan chiqishiga,
shartlilik kasb etishiga olib keladi. Umuman, tafsilotlami ko'proq shu
yo'sin (personajlar tilidan) berish majburiyati dramatik asar
personajlari nutqining biroz «sun’iy» bo'lishiga olib keladi. Asosiy
nutq shakli bo'lmish dialogik nutq bilan bir qatorda, dramatik asarda
monologik nutq ham qo'llanadi. Monologik nutq shaklida ko'pincha
personajlaming mushohadalari beriladiki, haqiqatda kishining ongida
kechuvchi bu jarayonning sirtga chiqarilishi - ovoz chiqarib o'ylash
ham shartlilikning bir ko'rinishidir. Ayni paytda, dramadagi monologik
nutq qurilishida muayyan o‘ziga xosliklar mavjud. Zero, bu nutq
Do'stlaringiz bilan baham: |