Adabiyotshunoslikda «adabiy jarayon» atamasi tor va keng
ma’nolarda qo'llanadi. Keng ma’noda qo‘llanganda adabiy jarayon
atamasi badiiy adabiyotning eng qadimgi davrlaridan to hozirgi kunga
qadar davom qilib kelayotgan uzluksiz taraqqiyot jarayonini bildiradi.
Tor ma’noda esa ushbu atama ostida muayyan bir davr adabiy jarayoni,
undagi badiiy adabiyotning mavjudligi va rivoji bilan bogMiq barcha
narsa-hodisalar, jarayonlar tushuniladi. Masalan, XX asr
boshlaridagi Turkiston adabiy jarayoni deganda, o‘sha davr adabiy-
ijtimoiy hayoti (ya’ni unda faoliyat ko‘rsatgan ijodkorlar, ulaming
o‘zaro munosabatlari; jamiyat hayotida yetakchilik qilayotgan g'oyalar,
ijtimoiy maqsad va intilishlar va h.k.), davming xarakterli adabiy-
estetik hodisalari (badiiy adabiyotdagi yangiliklar, yangi adabiy-estetik
tamoyillarning vujudga kelishi, yangi janrlarning paydo boMishi,
adabiyotning real hayotga yaqinlashuvi, uning ijtimoiylashuvi va h.k.),
adabiyotning u yoki bu yo‘nalishda rivojlanishiga ta’sir ko'rsatgan
ichki va tashqi omillar (ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyat, madaniy-
ma’rifiy sharoit, adabiy aloqalar, adabiy an’ana va yangilik
munosabati)
- qisqasi, badiiy adabiyotga bevosita yoki bilvosita
aloqador bo'lgan barcha narsa-hodisalar, jarayonlar nazarda tutiladi.
Agar badiiy adabiyotning eng qadimgi davrlardan to hozirgacha
kechayotgan uzluksiz rivojlanish jarayoniga nazar solinsa, bu jarayon
kishilik jamiyatining taraqqiysi, uning ijtimoiy-iqtisodiy,
umummadaniy va umumma’rifiy rivojlanishi bilan baqamti
kechayotgani ko'riladi. Shu bois ham adabiyotshunos muayyan davr
adabiy hodisalarini o'rganganda, ijtimoiy-tarixiy sharoitni albatta
Do'stlaringiz bilan baham: |