e’tiborga oladi, chunki har bir davr adabiyotining rivojlanish darajasi,
undagi turfa adabiy hodisalar ko‘p jihatdan ijtimoiy-tarixiy sharoit
bilan bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy-tarixiy sharoit deganda, jamiyatning
ijtimoiy-iqtisodiy, umummadaniy va umumma’rifiy holati
tushuniladiki, bular bari badiiy adabiyot taraqqiyotining tashqi omili
sanaladi. Ma’lumki, jahon hamjamiyatiga kiruvchi turli millatlaming
ijtimoiy taraqqiyot darajasi turlicha bo'lib, bu narsa milliy adabiyotlar
taraqqiy darajasida ham o‘z aksini topgan. E’tiborli jihati shundaki,
umuman kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichlariga xos
ijtimoiy-tarixiy sharoit har bir konkret jamiyat rivojida mohiyatan
o‘xshashdir. Shunga ko‘ra milliy adabiyotlar taraqqiyot bosqichlarida
ham muayyan o‘xshashliklar kuzatiladiki, ulami milliy adabiyotlar
taraqqiyotidagi stadial umumiylik deb yuritiladi. Fikrimizni
oydinlashtirish uchun konkret misolga murojaat qilaylik. Masalan,
asrimiz boshidagi Turkiston ijtimoiy-tarixiy sharoitining milliy
adabiyotimiz taraqqiyotiga ta’sirini yorqinroq tasavvur qilish uchun,
fikrimizcha, uni Yevropa adabiyoti tarixi bilan muqoyasa qilish
foydalidir. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, jadidchilik harakati o‘zining
ko‘p jihatlari bilan XYIII asrda Yevropada keng quloch yoygan
ma’rifatchilik harakatiga o‘xshashdir. Har ikki harakatga xos mushtarak
nuqtalarga bir qur nazar solinsayoq, bizningcha, bu fikrimizda jon
borligi anglashiladi. Avvalo shuki, har ikki harakat ham feodal asoslar
yemirilib, ularning o‘mida kapitalistik munosabatlar qaror topa
boshlagan paytda maydonga kelgan. Ya’ni har ikki harakatning yuzaga
kelishini zaruratga aylantirgan ijtimoiy tarixiy sharoitning o‘xshash!igi
Do'stlaringiz bilan baham: |