baho berishdan ojiz. Aksincha, u o'zini bor holiga nisbatan tamoman
teskari baholashga moyil: g'irt tentak bo'lgani holda o'zini aqlli sanaydi,
ma’nan tuban bo'lgani holda o'zini pokdomon biladi - o'zini o'zgalarga
shunday sifatlarda taqdim etishga chiranadi. Masalan, «Parvona»dagi
O'tkuriy: u o'zining ma’nan tubanligini, axloqan buzuqligini,
plagiatligini, oddiy mahmadanaligiyu firibgarligini tan oladimi? Yo'q,
aksincha, u o'zini aqlli, so'zamol, uddaburo, yashashni biladigan
va h.k. fazilatlar egasi deb biladi, shunday ko'rinishga urinadi. Natijada
xarakterning mohiyati bilan mavjudligi orasidagi nomutanosiblik,
ziddiyat komiklikni yuzaga chiqaradi. Komediyada xarakter komikligi
bilan holat komikligi ko'pincha uyg'unlashib keladi, bir-birini
to'ldiradi. Komediya satirik yoki yumoristik ruhda bo'lishi mumkin.
Har ikki holda ham u g'oyaviy-hissiy inkor qiladi: satirik ruhdagi
komediya qalamga olingan xarakter yoki holatni to'la inkor qilsa,
yumoristik ruhdagi komediya xarakter yoki holatdagi ayrim jihatlami
qisman inkor qiladi. Masalan, A.Qahhorning «Tobutdan tovush»,
«Og'riq tishlar» komediyalari satirik ruhdagi asarlar sanalsa, «Oltin
devor»da yumoristik ruh ustivorlik qiladi.
Yuqoridagi asosiy janrlardan tashqari kichik dramaturgik janrlar,
shuningdek, turli janr modifikatsiyalari ham mavjud. Jumladan,
janr modifikatsiyasi sifatida musiqali drama, musiqali komediyalar
ko'rsatilishi mumkin. Musiqa jo'rligida ijro etishga mo'ljallangani, dialog
va monologlar o'rnini qisman vokal ( ariya va duetlar) egallashi
ulaming o'ziga xosligini, sintetik san’at namunasi ekanligini ko'rsatadi.
Ayrim san’at turlarining, ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |