maqsaddan voz kechishi, oson yo‘lni tanlashi mumkin, biroq u
bunday qilmaydi,
0
‘zining jisman yoki ma’nan halokatga uchrashi
mumkinligini bilgan holda ham maqsadidan, e’tiqodidan qaytmaydi.
Xuddi shu asosda tragik qahramonning xarakter kuchi, uning
favqulodda shaxsligi namoyon boMadi. Masalan, Edip yoki Gamletni
oling: ulaming ikkisi ham yuqorida tavsif etilgan yo‘ldan boradi. Deylik,
Edip yurt boshiga kelgan ofatning sababchisi o‘zi boMishi
mumkinligini sezganidayoq taftishni to‘xtatishi, «yopiqliq qozon
yopiqligicha» qolaverishi mumkin edi. Biroq u — tragik qahramon —
chekiga tushgan iztirobu qiynoqlar qadahini tubigacha sipqoradi.
Realizm bosqichigacha yaratilgan tragediyalarda tragik qahramon sifatida
ko‘proq mifologik personajlar, shohlar, shahzodalar, malikalaru
sarkardalaming olinishi ham bejiz emas, zero,
0
‘zining foje holatini
idrok eta olish, qalbiyu ongida ma’naviy-ruhiy iztiroblami kechira
olish, shunda-da ruhan sinmay maqsad tomon yurishlikka o‘rtamiyona
odamlarning chogM kelmaydi. Shu bois ham XX asr o‘rtalarida
yaratilgan adabiyotimizdagi tragediya janri talablariga toMa javob berishga
yaroqli «Mirzo Ulug‘bek», «Jaloliddin Manguberdi» tragediyalaridan
binning markaziga shoh, ikkinchisining markaziga sarkarda chiqarilgan.
Tragediya janr problematikasi nuqtai nazaridan turlicha: bu janrga
mansub asarlarda ma’naviy-axloqiy («Shoh Edip», «Qirol Lir»),
millatning tarixiy taqdiri («Jaloliddin Manguberdi») yoki romanga
xos problematika («Mirzo Ulug‘bek») badiiy talqin qilinishi mumkin.
Tragediya janri o‘zining faolligini yo'qotgan sanalib, zamonaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |