ko‘proq personajning o'zi bilan o'zi yoki xayolidagi kim bilandir
suhbati, bahsi, kimgadir murojaati tarzida quriladi. Ya’ni bitta
personaj tilidan aytilgani holda ham dramadagi monologik nutq
qisman dialogik asosga egadir.
Dramatik asarning o'qilishi va sahna talqinida bir qator o'ziga
xosliklar mavjud. Dramani o'qiyotgan o'quvchining ijodiy faolligi
bilan shu asar asosidagi spektaklni tomosha qilayotgan
tomoshabinning ijodiy faolligi bir xil emas. O'quvchi o'qish jarayonida
«rejissyor» vazifasini zimmasiga oladi, dramani tasawuridagi sahnada
jonlantiradi; ayni paytda u «aktyor» sifatida har bir personajning
rolini o'ynashi ham kerak. Dramada obyektiv ibtidoning ustivorligi
uning turli o'quvchilar tasawurida turlicha «sahnalashtirilishi»ga asos
bo'ladi. Sahnalashtirilgan dramatik asarda badiiy muloqot zanjiri
uzayadi: tomoshabin va dramaturg orasida rejissyor (aktyorlar, rassom,
bastakor va h.k.) o'rinlashadi. Boshqacha aytsak, sahnalashtirilgan
dramatik asar so'z san’ati doirasidan chiqib sintetiklik kasb etadi,
sababki, endi unda teatr, rassomlik, musiqa san’atlari uyg'unlashib
ketadi. Bundan ayon bo'ladiki, drama boshqa san’at turlari bilan o'zaro
aloqada yashaydi va rivojlanadi. Zero, dramaning tabiati, ya’ni ijro
uchun mo'ljallangani, uning shu san’at turlari bilan uzviy aloqada
bo'lishini taqozo etadi.
Drama eposga ta’sir qilganidek, zamonaviy dramaga epos ham
sezilarli ta’sirini o'tkazgan. Dramatik tur takomili jarayonida uning
epik elementlar hisobiga boyib borishi kuzatiladi. Zamonaviy dramada,
xususan, eposga xos voqealar yuz beradigan joylar ko'lamining
kengayishi, syujet vaqtining uzayishi kuzatiladi. Masalan,
Cho'lponning «Yorqinoy» dramasi voqealari kechadigan joylaming
Do'stlaringiz bilan baham: |